Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha xalqaro o‘rtoqlik o‘yini doirasida O‘zbekiston terma jamoasi 13-sentabr tongida Meksika terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida qanotdan uzatib berilgan to‘pni Bobur Abduxoliqov bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi va hisobni ochdi. Biroq, oradan 3 daqiqa o‘tib, Raul Ximenes o‘rtadagi muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim so‘ngida esa Shukurovning ajoyib uzatmasini Azizbek Turg‘unboyev golga aylantirdi va O‘zbekiston tanaffusga 2:1 hisobidagi ustunlik bilan yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limda ham hujumlar bo‘lib turishiga qaramasdan, 81-daqiqaga kelib, gol urildi. Raul Ximenes dubl muallifiga aylandi. 88-daqiqada esa Antuna meksikaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda esa Otabek Shukurov jarima zarbasidan to‘pni Ochoa darvozasiga mixlab qo‘ydi.

Shu tariqa uchrashuv 3:3 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. 

Eslatib o‘tamiz, Srechko Katanes shogirdlari xalqaro o‘rtoqlik o‘yini doirasida AQSH terma jamoasiga ham qarshi bahs o‘tkazib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 


Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini

13-sentabr, chorshanba

Meksika – O‘zbekiston 3:3

Gollar: 0:1 — 18 Abduxoliqov, 1:1 — 21 Ximenes, 1:2 — 45+1 Turg‘unboyev, 2:2 — 81 Ximenes, 3:2 — 88 Antuna, 3:3 — 90+2 Shukurov.

Meksika: Ochoa, Alvarez, Vazkez, Sepulveda, Angulo, E.Alvarez, Rodrigez, Pineda, Huerta, Alvarado, Ximenez.

O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Farruh Sayfiyev, 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov, 19. Aziz Turg‘unboyev, 15. Umar Eshmurodov, 18. Abdulla Abdullayev, 17. Bobir Abduxoliqov (Oston O‘runov, 70) 22. Dilshod Saitov (Sherzod Nasrullayev, 46) 23. Husniddin Aliqulov.

Ogohlantirishlar: Xesus Angulo (26), Husniddin Aliqulov (38), Jilberto Sepulveda (54).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »