Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun Donald Trampning 2024-yilgi AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishi juda muhim. Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori Jon Brennan MSNBC telekanaliga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

Foto: Reuters

Barak Obama davrida MRBni boshqargan Brennan Trampning g‘alabasi Ukrainaga qarshi urushda Rossiyaga foyda keltirishini ta’kidladi.

“Putin uchun Donald Trampning saylovda g‘alaba qozonishi mutlaqo muhim, deb o‘ylayman. Putin va Tramp bir-biriga xushomad qilib, o‘zaro manfaatlari uchun harakat qiladi”, — dedi Brennan.

Shu bilan birga, MRB sobiq rahbari Trampning Oq uyga qaytishi nafaqat Ukraina, balki G‘arb uchun ham nomaqbul bo‘lishiga ishonch bildirdi.

“Agar Tramp Oq uyga qaytib kela olsa... Putin bilan hamkorlik qilishi, u bilan hamfikr bo‘lishi mumkin, bu, albatta, AQSH manfaatlariga va, umuman, G‘arb manfaatlariga zarar keltiradi”, — deydi Brennan.

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp agar u prezident bo‘lsa, Ukrainadagi urushni atigi bir kunda tugatish bo‘yicha muzokara olib borishini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tegishli fikr haqiqatdan uzoq emasligini aytgan. Peskov Amerikaning hozirgi prezidentida bunday imkoniyat borligini, lekin u Ukrainaga qurol yetkazib berishni tanlaganini ta’kidlagan.

Yaqinda Putin 2024-yilgi saylovlarda Donald Trampning g‘alaba qozonishi AQSH bilan munosabatlarni o‘zgartirmasligini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »