Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati Angren shahridagi 3 ta bog‘chadagi bolalar ich buzilishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi. Sanepidqo‘mita holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

Unga ko‘ra, Angren shahar shifoxonasining  yuqumli kasalliklar bo‘limiga 13-sentabr kuni soat 14:00 dan boshlab 14-sentabr kuni  soat 21:00 ga qadar shahardagi 10-sonli DMTT da tarbiyalanayotgan bolalar ko‘ngil aynishi, qayd qilish, tana haroratni ko‘tarilishi, tez-tez ich kelishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilib, ulardan 24 nafari ovqatdan zaharlanish yoki oshqozon faoliyatining funksional buzilishi birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan, 7 nafariga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga ruxsat berilgan.

Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan laborator tekshiruvlar uchun yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan bemorlardan hamda DMTT omborxonasida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olindi. Bog‘chaning 240 nafar tarbiyalanuvchilari shifokorlar tomonidan  to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, tibbiy nazoratga olindi va tashkilot ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi.

Holat Sanepidqo‘mita tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »