Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Britaniyaning Gosport shahrida politsiyachi Garriet Teylor jinoyatchiga yetib olish uchun Jek ismli bolakaydan bolalar velosipedini olib turdi. Bu haqda politsiya bo‘limi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda “Pravila jizni” nashri.

Foto: “Pravila jizni” 

Hodisa 9-sentabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Politsiyachi ayol 47 yoshli jinoyatchini quvgan, biroq unga yeta olmasligini tushunib yetgan va yaqin atrofda bo‘lgan bolakaydan velosipedini bir muddatga berib turishini so‘ragan. Jek ismli bolakay bu holatdan biroz hayratlangan va velosipedini berishga rozi bo‘lgan.

Videoda Garrietning bolakaydan uzoqlashib, jinoyatchini ta’qib qilayotgan paytda jilmayganini ko‘rish mumkin.

Natijada ayol politsiyachi o‘g‘irlik va do‘konni o‘g‘irlashda gumonlanuvchi shaxsni ushlashga va qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng Garriet velosipedni bolaga qaytarib bergan va politsiya mashinasini kerak bo‘lganda bir muddat olib turishi mumkinligini aytib hazillashgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »