Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Chevrolet Captiva-5 oktabr oyi yakunida sotuvga chiqarilishi mumkin. Bu haqda “O‘zavtosanoat” vakili “Daryo”ga maʼlum qildi.

Foto: Telegram

Manbaga ko‘ra, hozirda yangilangan Chevrolet Captiva sinovdan o‘tkazilmoqda.

“Agar test jarayoni muvaffaqiyatli o‘tsa, Captiva-5 oktabr oyi oxirida sotuvga chiqariladi. Avtomobil narxi esa sotuv boshlanishidan avval e’lon qilinadi”, — deya taʼkidladi kompaniya vakili.

Qo‘shimcha qilinishicha, avtomobillar Xitoydan olib kelinadi.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors Captiva-5 avtomobillari sotuvini 2021-yil noyabrda to‘xtatgandi. Bunga sabab sifatida dunyoda yarimo‘tkazgich mikrochip inqirozi yuza berayotgani keltirilgan. Kompaniya o‘sha yilning sentabri yakunida yangilangan Chevrolet Captiva sotuvi boshlanganini eʼlon qilgandi. Mazkur rusumdagi avtomobillar narxlari quyidagicha bo‘lgan:

  • boshlang‘ich LT komplektatsiya — 192 775 000 so‘m;
  • LT komplektatsiya 5 o‘rinli —238 086 957 so‘m;
  • LT komplektatsiya 7 o‘rinli — 244 782 609 so‘m ;
  • Premier komplektatsiya 7 o‘rinli — 269 478 261 so‘m.

Kompaniya xabarida ushbu narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan. UzAutoSavdo tizimida esa QQS bilan qo‘shib hisoblaganda, Premier komplektatsiya 309 900 000 so‘mdan, LT 7 esa 281 500 000 so‘mdan boshlanishi qayd etilgan, boshlang‘ich LT va LT 5 komplektatsiyalari narxlari esa keltirilmagan.

Maʼlumot uchun, Captiva modeli O‘zbekiston bozoriga 2007-yilda kirib kelgan. O‘sha yilning oktabrida mamlakatda avtomobilni yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan. 2011-yilning sentabri va 2017-yilning fevralida model yangilangan. 2018-yilning sentabrida esa GM’ning global strategiyasiga muvofiq uni ishlab chiqarish to‘xtatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »