Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53
Foto: Getty Images

Organizm doim shirinlikni talab qiladi

Shirinlikka bo‘lgan ehtiyoj o‘z-o‘zidan immunitetni zaiflashtiruvchi belgi emas, ammo ratsionda shakar miqdorining ko‘payishi himoya kuchini susaytirishi mumkin. Kuniga 100 gramm shakar  taxminan 5 soat davomida immunitet faoliyatini to‘xtatadi.

Kam yoki yaxshi uxlamaslik

Tungi uyqu paytida tana hamda miya tetiklashadi. Uyqu vaqtida immunitet tizimi kun davomida duch kelgan yangi bakteriya va viruslarni xavf-xatarlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yadi. Ammo yetarlicha uyqu bo‘lmasa, ushbu mexanizm samarali ishlay olmaydi – natijada himoya tizimi yomonlashadi. Bu holatdan so‘ng ORVI yoki gripp, oddiygina shamollash bemorda og‘ir kechadi va uni bartaraf etish uchun ham ko‘p vaqt talab etiladi.

Yog‘li ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish

Yog‘ga to‘yingan ovqatlar tanadagi yallig‘lanish jarayonining rivojini qo‘zg‘atadi, immunitetga ortiqcha yuk yuklaydi va oxir-oqibat uni zaiflashtiradi. Ratsionda o‘simlik moyi, baliq yog‘i va yong‘oqlar kabi yetarlicha to‘yinmagan yog‘lar mavjud bo‘lgan mahsulotlarga ahamiyat berish kerak. Ushbu mahsulotlar tanada yallig‘lanishga qarshi kurashishga va hattoki patogenlarni tanib olishga yordam beradi.

Foto: Yandex

 Burun oqishi va undagi quruqlik

Burun shilliq qavati bakteriya va viruslar uchun tabiiy to‘siq hisoblanadi. Agar havoda namlik yetarli emasligi sababli shilliq qavat qurib qolsa, mikroblar halqumga osongina kirib boradi va kasallanish holati kuzatiladi. Muammoni hal qilishda namlagich yoki burun uchun sprey yordam berishi mumkin. Ammo quruqlik uzoq muddat davom etsa, shifokorga murojaat qilish zarur.

Kam harakat qilish

Buyuk Britaniyaning “Sport tibbiyoti” jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, haftasiga bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanganlar mashq qilmagan insonlarga qaraganda salomatlikni qayta tiklash uchun 42 foiz vaqt ketadi. Shuning uchun kichik jismoniy faollik yoki oddiy yurish ham immunitetni kuchaytiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »