Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerika qurollari Ukrainaga kelganidan keyin Qo‘shma Shtatlarga tegishli bo‘lishni to‘xtatadi, deya ta’kidladi Entoni Blinken.

AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Ukraina ATACMS uzoq masofali raketalardan qanday foydalanishni mustaqil hal qilish huquqiga ega.

Amerika rasmiysi Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan birgalikda matbuot anjumanida Ukraina Pentagon tomonidan taqdim etilgan qurollardan cheklovlarsiz foydalanishi mumkinligini ta’kidladi.

Foto: AP

“Ular Amerika texnikasini qo‘llab-quvvatlashga qodir bo‘lishi kerak va bu o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Keyin esa ular Ukrainaga o‘z maqsadlariga erishishda yordam beradigan izchil harbiy dasturga moslashishi kerak”, — dedi davlat kotibi.

“Ukrainaliklar bu tizimlardan qanday foydalanishi haqida gap ketganda, maqsadli qarorlar ularniki bo‘lib qolaveradi. Qurollarni topshirganimizdan keyin endilikda ular bizniki emas. Va ular o‘zlarining to‘liq suvereniteti, hududiy yaxlitligini tiklash bo‘yicha ishda bu qurollarni qanday samarali ishlatish haqida qaror qabul qilishlari kerak”, — dedi Blinken. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »