Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

O‘zbekiston Markaziy banki 18-sentabrdan boshlab tijorat banklari uchun valyuta operatsiyalariga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirishi, endilikda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning chet el valyutasini sotib olish va valyuta operatsiyalari bilan bog‘liq amaliyotlari faqat asosiy hisobvaraq ochilgan banklar orqali o‘tkazilishi xabar berilgandi.  Bugun, 16-sentabr kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Mamarizo Nurmurodov jamoatchilikning keskin noroziligidan keyin bu qaror bekor qilinganini aytdi. 

Kuni kecha qabul qilingan qaror keskin muzokaralarga sabab bo‘ldi. Eng asosiysi, bu qaror bo‘yicha biz ma’lum bir ijobiy qarashlarni ko‘rmadik. Falsafada shunday bir tushuncha borki, jamiyat qabul qilmagan qaror — noto‘g‘ri qaror. U qaysi maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishidan qat’i nazar… xuddi shu tamoyildan kelib chiqib kechasi bilan o‘ylab bu qarorni bekor qildik, — dedi Mamarizo Nurmurodov.
Foto: “Daryo”

Markaziy bank raisining qo‘shimcha qilishicha, bu qaror orqali tijorat banklariga ehtimoliy xavfning oldini olish uchun ko‘rsatma berilgan.

Foto: “Daryo”
Markaziy bank mustaqil, buni ta’minlash kerak deysizlar-u, qarorlarni jamiyat bilan muhokama qilish kerakligini aytasiz. Jamiyat bilan muhokama qilinadigan qarorlarimiz bor – u alohida. Bunda esa bevosita bankning faoliyatidagi kamchiligini ko‘rsatib, to‘g‘rilashni aytyapmiz. Buning bank mijoziga daxldor joyi yo‘q. Bank nazoratni kuchli qila olmagani uchun, xavf kelyapti, shuning oldini oling, degan ma’noda banklarga berilgan ko‘rsatma edi, — dedi Nurmurodov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »