Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 18-sentabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Olmaliqning “OKMK” jamoasi safarda “Al-Ittihod” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Harun Kamara hisobni ochdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Romarinyo hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Romarinyo yana bir bor Botirali Ergashev darvozasini ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda esa darvozalar ishg‘ol etilmadi va Jidda klubi g‘alaba qozondi. 

Qarshining “Nasaf” klubi “Al-Faysaliy”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv keskin vaziyatlarga boy bo‘ldi. 88-daqiqada Doniyor Narzullayev o‘ziga uzatilgan to‘pni darvozaga yo‘llab, o‘z hisobiga gol yozdirdi. Biroq, hakam o‘yindan tashqari holat tufayli gol bekor qilindi. So‘nggi daqiqalarda esa qarshiliklar ajoyib reyd uyushtirdi va Zafarmurod Abdurahmatov ajoyib zarba bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shu tariqa “Nasaf” g‘alabani ilib ketdi.


OCHL

1-tur bahslari

18-sentabr, dushanba

“Al-Ittihod” – “OKMK” 3:0

Gollar: 1:0 – 11 Kamara, 2:0 – 15 Romarinyo, 3:0 – 42 Romarinyo (penalti).

“Al-Ittihod”: 1. Al Mayuf, 20. Ahmad Sharahili, 4. Omad Havsavi (Sulton Al Farhan, 63), 15. Hassan Kadesh, 13. Al Shankiti, 28. Ahmad Bamasud, 8. Fabinyo, 7. Ngolo Kante (Al Shamrani, 78), 90. Romarinyo (Luis Felippe, 63) 70. Kamara (Al Sahafi, 78), 99. Hamdallah (Saleh Al Amri, 45).

“OKMK”: 1. Botirali Ergashev, 3. Sardor Rahmonov, 4. Mirjamol Qosimov (15. Oybek Rustamov, 72), 5. Anzur Ismoilov, 7. Dilshod Ahmadaliyev (Siyavash Haqnazariy, 46) 9. Ruben Sanches, 10. Xurshid G‘iyosov, 17. Sanjar Tursunov (18. Baxtiyorjon Qosimov, 80), 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 22. Shohruh Gadoyev (2.Akramjon Komilov, 85), 27. Martin Boake (14. Mirjahon Mirahmadov, 72).

Ogohlantirish: Baxtiyor Qosimov (88).

“Al-Faysaliy” – “Nasaf” 0:1

Gol: 0:1 — 90+7 Zafarmurod Abdurahmatov.

“Al-Faysaliy”: 21. Mehdi Xalil, 17. Salem Al Ajalin, 19. Anas Bani Yaseen, 30. Muhannad Al Souliman, 77. Muhammad Al Kloub, 6. Obeida Al Samarneh, 14. Nizar Al Rashdan, 22. Haled Zakaria Eid, 99. Rafik Kamergi (9. Muhammad Ahmad Suleymanan Aleikish 46), 7. Amin Farid Muhammad Al Shanaineh (91. Hatem Al Rushadi 80), 11. Aref Al Haj (20. Reziq Muhammad Saloh Bani Hani 66).

“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Akmal Mozgovoy, 9. Javohir Sidiqov (88. Marko Stanoyevich 65), 17. Suhrob Nurulloyev (99. Azizbek Amonov 65), 18. Bahrom Abdurahimov (70. Jambuli Jigauri 46), 19. Mateus Lima (8. Zafarmurod Abdirahmatov 78), 28. Shuhrat Muhammadiyev, 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov, 92. Umar Eshmurodov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »