Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda to‘lovni naqd qabul qilgan jamoat transporti haydovchilari ishdan bo‘shatiladi. Bu haqda Bishkek yo‘lovchi avtotransport korxonasining favqulodda yig‘ilishida so‘z yuritildi, deb xabar bermoqda shahar hokimligi matbuot xizmati.

Yig‘ilishda korxona direktori Baxitbek Temikeyev yo‘lovchilarning naqd pul to‘lashiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qildi. U haydovchilarga yo‘lovchilardan naqd pul olgani aniqlansa, eng qattiq choralar ko‘rilishini, jumladan, ishdan bo‘shatilishini eslatdi.

Uchrashuvda yangi avtobuslar bilan tez-tez YTH kuzatiladigan o‘smirlar muammosi ham ko‘tarildi. Direktor kelgusida bunday holatlarning oldini olish uchun qat’iy choralar ko‘rish vazifasini qo‘ydi.

Korxona rahbari yangi haydovchilarni tanlash amaliyotini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berib, avtokolonna rahbarlari va muhandislarga ular bilan tizimli ish olib borishni topshirdi.

Avvalroq Qirg‘izistonda avtobus yo‘lkira narxlari salkam 2 baravar oshishi xabar qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »