Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ozarbayjon harbiylari tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi hududida mahalliy aksilterror tadbirlarini boshladi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bayonotida ma’lum qilindi.

Foto: “Xibini.com”
“Uch tomonlama bayonot qoidalarini taʼminlash, Qorabog‘ iqtisodiy rayonida keng ko‘lamli provokatsiyalarni bostirish, Armaniston qurolli kuchlarini qurolsizlantirish va hududlarimizdan olib chiqish, ularning harbiy infratuzilmasini zararsizlantirish, ozod qilingan hududlarga qaytgan tinch aholi, qurilish va tiklash ishlarida qatnashayotgan davlat xizmatchilari va harbiylarimiz xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, Ozarbayjon konstitutsiyaviy tuzumni tiklash maqsadida mintaqada mahalliy aksilterror choralari boshlandi”, — deyiladi bayonotda

Qayd etilshicha, 19-sentabrga o‘tar kechasi Qorabog‘da noqonuniy qurolli guruhlar a’zolari tomonidan o‘rnatilgan mina ikki ozarbayjonlikning hayotiga zomin bo‘lgan.

Shundan so‘ng Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi xodimlari “KamAZ” avtomashinasida voqea joyiga yo‘l olgan. Biroq ular Xo‘javand tumani hududidan o‘tayotganda Tagavard qishlog‘ida yangi qurilgan tunnelda arman diversant guruhi tomonidan o‘rnatilgan mina portlagan. Oqibatda Ichki ishlar vazirligi xodimlari Asim Jamolzoda, Ramil Shirinov, Seymur Mahmudov va Xazar Zamanov halok bo‘lgan. Yana besh kishi jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan. 

Ushbu teraktlardan so‘ng boshlangan operatsiyaning bir qismi sifatida Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Ozarbayjon harbiylari “oldingi chiziqda va chuqurlikda yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalangan holda Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalarining pozitsiyalarini, ularning uzoq masofaga o‘q otish punktlarini, shuningdek, jangovar vositalar va harbiy obyektlarni yaroqsiz holga keltiradi”.

Fuqarolik obyektlari va tinch aholi nishonga olinmaydi, deyiladi bayonotda.

Ozarbayjon OAVlari Stepanakert (Xonkandi) shahri hududida Armaniston Qurolli kuchlarining “Tor” zenit-raketa majmuasi yo‘q qilingani lahzasi aks etgan videoni e’lon qildi.

“Armaniston yangiliklari” tan olinmagan respublika parlamenti a’zosiga tayanib, Stepanakertda aloqa yo‘qolgani “bolalarni maktabdan olib ketish uchun mashinalar yo‘qligini” yozdi: “Urush. Yarim soatdan beri otishma davom etmoqda”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »