Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHga amaliy tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev 18-sentabr kuni Qo‘shma Shtatlarda yashayotgan va ishlayotgan bir guruh vatandoshlarimiz hamda ushbu mamlakatning yetakchi oliy taʼlim dargohlarida tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ochiq va jonli muloqot shaklida o‘tgan tadbirda davlat rahbari Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida so‘zlab berdi, mamlakat modernizatsiyasiga ko‘maklashishda vatandoshlarda ulkan salohiyat borligiga eʼtibor qaratdi.

Vatandoshlar va ularni birlashtiruvchi tashkilotlar misli ko‘rilmagan yuqori darajaga chiqqan O‘zbekiston—AQSH hamkorligini rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotgani alohida taʼkidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash, ularning jamoat birlashmalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan, xorijda o‘zbek tili kurslarini tashkil etishga keng ko‘maklashishi, vatandoshlar O‘zbekistonning tarixiy shaharlarini ziyorat qilishi uchun maxsus turizm xizmatlari to‘plamlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

“Biz taʼlim, tibbiyot, iqtisodiyotda olib borayotgan yangilanishlar natijasini har bir yurtdoshimiz o‘z hayotida his qilishi kerak. Sizlardek xorijda o‘qigan, yirik kompaniyalarda ishlab, tajriba orttirgan yuqori malakali mutaxassislar ham yurtimizga qaytib kelishi va butun salohiyati bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etishda ishtirok eta olishlari uchun barcha sharoitni yaratishimiz kerak. Bugun shu yerdagi har bir o‘zbekistonlikda kuchli Vatan hissi va uning rivojiga hissa qo‘shish ishtiyoqini ko‘rib, juda xursand bo‘ldim. Sizlarni O‘zbekistonda kutib qolamiz”, — dedi davlat rahbari.

Uchrashuv ishtirokchilari Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan tub va keng ko‘lamli islohotlar xalq farovonligini yanada oshirish, yurtning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirishga xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Katta kompaniyalarda ishlayotgan va nufuzli oliy taʼlim dargohlarida o‘qiyotgan vatandoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirdi. Jamiyat hayoti va iqtisodiyotning turli masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Qaratilayotgan katta eʼtibor uchun samimiy minnatdorlik bildirib, vatandoshlar O‘zbekiston rivojiga munosib hissa qo‘shishga tayyorligini taʼkidladi”, — deyiladi xabarda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Bundan oldin Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda Xalqaro valyuta fondi rahbari va Amerika—O‘zbekiston savdo palatasi raisi bilan uchrashuv o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, davlat rahbari Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »