Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha YCHL guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan “Atletiko”ga qarshi bahsda (1:1) “Latsio” darvozaboni Ivan Provedel so‘nggi daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Provedel 2009-yildan beri Chempionlar Ligasida gol urgan ilk darvozabon hisoblanadi. 

Shu vaqtga qadar turnirda gol urgan so‘nggi posbon Sinan Bolat edi. “Standart” kiperi Sinan 2009-yil 9-dekabr sanasida “AZ”ga qarshi bahsda gol urib, jamoasining 1:1 hisobidagi durang natija qayd etishiga yordam bergandi.

Agar YCHL saralash o‘yinlari ham hisobga olinsa, so‘nggi gol Vinsent Enyemaga tegishli edi. “Xapoel” darvozaboni 2010-yil 18-avgustda “Zalsburg” darvozasiga (3:2) penaltidan gol urgandi.

Chempionlar Ligasi tarixida (saralash o‘yinlari ham hisobga kiradi) 5 nafar darvozabon o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan. Yuqorida tilga olingan 3 nafar posbondan tashqari Hans-Yorg Butt (2000-yil “Gamburg” safida, 2002-yil “Bayer” safida, 2007-yil “Bavariya” safida) hamda Dimitar Ivankov (2000-yil “Levski” tarkibida) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ygan. 

Yana bir qiziq fakt: Provedel o‘yindan gol urgan ilk darvozabon bo‘ldi; Bolat jarima zarbasidan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga kiritgan, qolgan uch posbon esa penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »