Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi muhokamasida nutq so‘zladi. RBC-Ukraina prezidentning nutqidagi asosiy bayonotlarni to‘pladi.

Foto: Getty Images

Rossiyani yadro qurolidan mahrum qilish kerak

Zelenskiy Ukraina o‘zining uchinchi yirik yadroviy salohiyatini berib, dunyo uni Rossiyaga ishonib topshirganini ta’kidladi.

“Ammo keyingi tarix shuni isbotladiki, o‘sha paytda, 1990-yillarda yadroviy qurolsizlanishga Rossiya eng munosibi bo‘lgan. Rossiya hozir qurolsizlanishga loyiq: terrorchilar yadro quroliga egalik qilish huquqiga ega emas”, — dedi u.

Yevropada don importi bo‘yicha siyosiy teatr

Zelenskiy Ukraina don tashish uchun eksport yo‘nalishlarini saqlab qolish ustida ish olib borayotganini eslatdi.

“Ayni paytda Yevropada ba’zilar qanday qilib birdamlikni buzayotgani va siyosiy teatr, ya’ni g‘alladan triller yaratayotganini ko‘rish tashvishli. Ular o‘z rollarini o‘ynagandek tuyulishi mumkin, ammo ular moskvalik aktyor uchun sahna yaratishga yordam bermoqda”, — dedi Zelenskiy Polsha, Vengriya va Slovakiya tomonidan kiritilgan cheklovlarga ishora qilib.

Bola o‘g‘irlash — genotsid

“Afsuski, turli terroristik guruhlar hali ham bolalarni o‘g‘irlaydi, biroq ilgari hech qachon ommaviy o‘g‘irlash va deportatsiyalar hukumat siyosatining bir qismiga aylanmagan. Hozirgi kungacha. Rossiyada o‘g‘irlangan bolalar Ukrainadan nafratlanishga o‘rgatilgan, ularning oilalari bilan barcha aloqalar uzilgan. Bu genotsid”, — deydi siyosatchi.

Rossiya har 10 yilda urush boshlaydi

“Har o‘n yilda Rossiya yangi urush boshlaydi. Moldova va Gruziya hududining bir qismi ishg‘ol ostida qolmoqda. Rossiya Suriyani xarobaga aylantirdi. Agar Rossiya bo‘lmaganida u yerda hech qachon kimyoviy qurol qo‘llanilmagan bo‘lardi. Rossiya Belarusni deyarli yutib yubordi, Qozog‘iston va Boltiqbo‘yi mamlakatlariga tahdid solmoqda”, — ta’kidladi Zelenskiy.

BMT Xavfsizlik Kengashida tinchlik formulasi

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, tinchlik formulasi mavjud xavfsizlik arxitekturasini yangilash uchun asos bo‘ldi.

“Endi BMT Nizomini hayotga qaytarishimiz va qoidalarga asoslangan dunyo tartibining to‘liq kuchini kafolatlashimiz mumkin. Ertaga men BMT Xavfsizlik Kengashining maxsus yig‘ilishida tafsilotlarni taqdim etaman”, — dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik formulasi global tus oldi, chunki 140 dan ortiq davlatlar uni to‘liq yoki qisman qo‘llab-quvvatlagan.

Tinchlik sammitiga tayyorgarlik ko‘rish taklifi

“Xirosima, Kopengagen va Jidda shaharlarida tinchlik formulasini amalga oshirish bo‘yicha muhim muzokaralar va maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Biz esa Butunjahon tinchlik sammitiga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Men barchangizni — hech qanday agressiyaga toqat qilmaydigan barchani sammitga birgalikda tayyorgarlik ko'rishga taklif qilaman”, — dedi Ukraina prezidenti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »