Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tog‘li Qorabog‘da 20-sentabr kuni Rossiya tinchlikparvar kuchlari bo‘lgan mashina o‘qqa tutildi, undagi rus harbiylari halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “TASS”
Hodisa “Rossiya tinchlikparvar kontingenti Janyatog‘ aholi punkti hududidagi kuzatuv punktidan qaytish vaqtida sodir bo‘lgan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Hujum o‘q otish qurollaridan amalga oshirilgan. Unga kim rahbarlik qilgani noma'lum. Rossiya Mudofaa vazirligi mashinada qancha harbiy xizmatchi bo‘lganiga aniqlik kiritmagan.

“Rossiya va Ozarbayjon tergov organlarining vakillari voqeaning barcha holatlarini aniqlashtirish uchun joyida ishlamoqda”, — deydi Mudofaa vazirligi.
  • 19-sentabr kuni Ozarbayjon “konstitutsiyaviy tuzumni tiklash” maqsadida, Tog‘li Qorabog‘da aksilterror operatsiyasini boshladi. Taxminan bir kun o'tgach, o't ochishni to'xtatish to'g'risida kelishib olindi.
  • Rossiya tinchlikparvar kuchlari Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya imzolagan uch tomonlama kelishuvlarga muvofiq 2020-yildan beri Tog‘li Qorabog‘da bo‘lib kelmoqda.
  • Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Tog‘li Qorabog‘da sodir bo‘layotgan voqealarni Ozarbayjonning ichki ishi deb atadi va “de-yure Ozarbayjonning o‘z hududidagi harakatlari haqida gapirayotganini” ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »