Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Zomin” davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga “Archa maydon” hududida sayr qilib yurgan ona-bola Turkiston silovsini tushib qoldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Turkiston silovsini zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur hisoblanadi. G‘arbiy Tyan-Shan (Ugom, Piskom, Chotqol) va Pomir-Oloy (Turkiston, Hisor, Ko‘hitang tizmasi)da tarqalgan.

Hisor tog‘ tizmasida 150 ga yaqin, Ko‘hitang tizmasida 20–25 ta, G‘arbiy Tyan-Shanda esa 100 ga yaqin silovsin yashaydi.

Turkiston silovsinlari 17 yilgacha umr ko‘radi. Ovlash taqiqlangan. Hisor, Chotqol, Zomin, Surxon qo‘riqxonalarida, Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘i va “Zomin xalq” bog‘ida muhofaza ostiga olingan. SITES’ning II ilovasiga kiritilgan.

Fotoqopqonga muhrlangan noyob hayvonlar

2022-yilning oktabr oyida “Surxon” davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga manul tushib qolgandi. Shuningdek, “Hisor” davlat qo‘riqxonasi qo‘riqlash xodimlari tomonidan o‘rnatilgan fotoqopqon obyektiviga Turkiston silovsini, “Chotqol” davlat biosfera qo‘riqxonasida esa qor qoploni muhrlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »