Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Agar maxsus effektlar bo‘lmaganida, millionlab tomoshabinlar sevadigan ko‘plab mashhur filmlarni yaratish imkonsiz bo‘lardi. Kompyuter grafikasi yordamida boshqa olamlar, g‘ayrioddiy qahramonlar bilan tanishish va butunlay o‘zga davrga sayohat qilish mumkin. Ularda bo‘layotgan voqealar rostdan ham haqiqiydek ko‘rinadi.

“Qasoskorlar: o‘yin oxiri” (2019) — 356 million dollar

Foto: Cosmopolitan

Bugungi kunda Marvel kinoolamida eng qimmat franshizalardan biri bo‘lgan “Qasoskorlar: o‘yin oxiri”  katta jamoaviy film hisoblanadi. Juda ko‘plab maskan va epizodlar kompyuter grafikasi yordamida ko‘rsatilgan. Albatta, super qahramonlar o‘rtasidagi keng ko‘lamli janglarini o‘tkazish uchun ham maxsus effektlardan foydalanish kerak edi.

“Yura davri dunyosi 2” (2018) — 170 million dollar

Foto: Cosmopolitan

Bir paytlar 90-yillarning boshlarida Stiven Spilberg tomonidan suratga olingan dinozavrlar haqidagi mashhur filmning qayta suratga olinishi avvalgisidan, birinchi navbatda, maxsus effektlari bilan farq qiladi. Voqealarning nafaqat yovvoyi tabiatli orolda sodir bo‘lishi, balki dinozavrlarning turlari ham bir necha bor ko‘paygan. Albatta, ularning hammasi kompyuter grafikasida chizilgan.

“Yulduzlar jangi: kuch uyg‘onishi” (2015) — 245 million dollar

Foto: Cosmopolitan

Lucasfilm Disney korporatsiyasiga sotilgandan so‘ng Jorj Lukasning afsonaviy franshizasi qaytishini dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar kutdi. “Yulduzlar jangi: kuch uyg‘onishi” VI qism voqealaridan 30 yil o‘tgan, qahramonlar va yovuzlarning yangi avlodi uzoqdagi galaktikadagi kuchlarni g‘azablantirdi. Tabiiyki, tomoshabinlar ko‘plab sayyoralarda keng ko‘lamli kosmik janglar aks etgan sahnalar bo‘lishiga ishondi. Bularning barchasi kartinaga katta sarmoya kiritishni talab qildi.

“Qasoskorlar” (2012) — 220 million dollar

Foto: Cosmopolitan

Marvel’ning navbatdagi jamoaviy filmi tomoshabinlarni hayratda qoldirdi. Bundan oldingi filmlarda Yer himoyachilari alohida daromad yig‘ib, studiya boshliqlarining ambitsiyalarini to‘liq qoplaganiga ko‘pchilik ishonmaydi. “Qasoskorlar” kartinasida ham maxsus effektlar yordamida ko‘plab qahramonlar Yer sayyorasini zabt etishni orzu qilgan yovuzlikning global kuchlariga qarshi turish uchun birlashadi.

“Karib dengizi qaroqchilari: noma’lum sohillarda” (2011) — 250 million dollar

Foto: Cosmopolitan

Franshizasining to‘rtinchi bobi Jonni Depp ijro etgan kapitan Jek Chittakning yangi sarguzashtlari haqida. To‘rtinchi qismda Jekning sarguzashtlari bir necha joylarda sodir bo‘ladi. Mualliflar tomoshabinni dunyoning turli burchaklarining madaniy-me’moriy xususiyatlari va ulardagi qaroqchilik urf-odatlari bilan tanishtirishga qaror qildi. Dengiz janglarining ko‘pligi bilan birga, bir qancha yordamchi belgilar uchun maxsus effektlardan katta sarmoya evaziga foydalanildi.

“Alisa mo‘jizalar mamlakatida” (2010) 150-200 — million dollar

Foto: Cosmopolitan

Syurrealizm dahosi Tim Byortonning “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” nomli asari aqlbovar qilmas sarguzashtlar haqida hikoya qiladi. Uning “Alisa” versiyasi o‘ta qo‘rqinchli  bo‘lsa-da, lekin baribir mashhur kitobga asoslangan. Sirli va noodatiy muhit tabiiy ravishda maxsus effektlar yordamida yaratilgan.

“Avatar” (2009) − 237 million dollar

Foto: Cosmopolitan

Yangi ming yillikning asosiy filmi kino tarixida eng yuqori daromadli kartinalardan biri sifatida abadiy qoldi. Aniq sabablarga ko‘ra, byudjetning muhim qismi maxsus effektlarga sarflangan: sirli va olis Pandora sayyorasida yashovchi odamlar va mahalliy aholi o‘rtasidagi janglar voqealari ekzotik tabiatda sodir bo‘ladi.

“Transformerlar” (2007) — 150 million dollar

Foto: Cosmopolitan

Maykl Beyning filmi avtobotlar va deseptikonlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida. Ular ming yillar davomida urushda bo‘lgan va Yer ular orasidagi yangi jang maydoniga aylangan. Ajablanarlisi shundaki, qarama-qarshilikni saqlab qolish va tugatish imkoniyati yosh va tajribasiz o‘smir Sem Uitvikkining qo‘lida. Robotlar va ularning o‘zgarishi kompyuter grafikasi yordamida chizilgan. Filmdagi voqealarning aksariyati yashil ekranda tasvirga olingan.

“O‘rgimchak odam 3: ko‘zgudagi dushman” (2007) — 258 million dollar

Foto: Cosmopolitan

Sem Reymining kichik franshizasining uchinchi bobi ham super qahramon o‘rgimchak odamning sarguzashtlari haqida. Bu bobda antagonistlar bilan janglar maxsus effektlar tufayli yuqori sifatda bo‘lishi mumkin. Sehrli to‘r, qum, portlashlar va vayron bo‘lgan binolar yordamida to‘qnashuvda xato topish juda qiyin, hamma narsa iloji boricha mukammal tarzda bajarilgan.

King Kong (2005) − 207 million dollar

Foto: Cosmopolitan

Mahoratli rejissor Piter Jekson 2000-yillarning o‘rtalarida mashhur King Kong haqidagi filmni qayta suratga olishga qaror qildi. O‘sha paytlarda film katta pulga tushdi, chunki ular butunlay kompyuter grafikasidan foydalangan holda ulkan gorillani yaratishga majbur bo‘ldi va 40-50-yillardagi filmlarda bo‘lgani kabi qo‘g‘irchoqdan foydalanmadi. Byudjetning katta qismi King Kongni yaratishga, shuningdek, filmning boshqa epizodlariga sarflandi. Yaxshigina sarmoya kiritilgani uchun ham kino xarajatlarni qoplashga muvaffaq bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »