Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo o‘yinlari doirasida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 22-sentabr, juma kuni Gongkonga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa o‘zbekistonliklar xavfli hujumlarni uyushtira boshladi. 65-daqiqada Ulug‘bek Hoshimov ajoyib reyd uyushtirib, jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi va to‘p darvozadan joy oldi.

Ushbu gol o‘yinda yagonaligicha qoldi va Timur Kapadze shogirdlari g‘alabasini ta’minladi.

Eslatib o‘tamiz, C guruhida faqatgina O‘zbekiston va Gongkong terma jamoalari ishtirok etmoqda. Guruhdagi qolgan ikki terma jamoa Afg‘oniston va Suriya musobaqa boshlanishiga 2 kun qolganda ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi


Osiyo o‘yinlari

22-sentabr, juma

Gongkong – O‘zbekiston 0:1

Gol: 0:1 — 65 Hoshimov

O‘zbekiston: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojimat Erkinov, 8. Ibrohim Ibragimov, 10. Jasurbek Jaloliddinov, 14. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 17. Abdurauf Bo‘riyev, 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchayev, 20. Ruslanbek Jiyanov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »