Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova, Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Botirjon Nuriddinov va OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Muloqot davomida vazir o‘rinbosari bolalarda kuzatilgan noxush holat dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emasligini alohida taʼkidlab, hozirda 20 ga yaqin analiz xulosalari olingani va chuqurlashtirilgan tahlillardan so‘ng vaziyatga aniqlik kiritishini bildirgan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli xabarlarga ishonavermaslik, bunday jarayonda faqatgina mutaxassislarning fikriga tayanib axborot tarqatilishi kerak. Ayni paytda salomatligidan shikoyat qilib kelayotgan yosh bolalarning 85 foizi sog‘ligi joyida, uylariga qaytishga birin-ketin ruxsat berilmoqda. Qolganlari kunning boshida ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning ham ahvoli yaxshilanib bormoqda”, — deydi Respublika ishchi guruhi rahbari Elmira Bositxonova.

21-sentabr kuni Namangan viloyatining Chust tumanidagi bolalar bog‘chalarida tarbiyalanuvchi bolalarning ommaviy zaharlanishi kuzatildi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi zaharlangan bolalar soni 71 nafar ekanini bildirgan bo‘lsa, Bosh prokuratura Chustda Favqulodda holat e‘lon qilinganini inkor etgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra, holat vazir nazoratiga olingan. O‘z navbatida SSV maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparati iste’molini to‘xtatishga ko‘rsatma berdi.

Avvalroq Chustda bolalarning ommaviy zaharlanishi ortidan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova ishdan olingani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »