Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xanchjou—2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlari 24-sentabr, yakshanba kuni davom ettirilmoqda. 

Unda O‘zbekiston vakillari turli sport o‘yinlarida ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ilk medal akademik eshkash eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida yengil vazn toifasidagi juftlik dasturida ishtirok etgan Luizaxon Islomova hamda Malika Tagmatova hisobiga yozildi. 

Sportchilar murosasiz kechgan final dasturida marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi va kumush medalini qo‘lga kiritdi. 

Akademik eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida yengil vaznli sportchilar bahsida Shahzod Nurmatov hamda Sobirjon Safaraliyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Oltin va kumush medallari esa Xitoy hamda Hindiston jamoalariga nasib etdi.

Uchinchi medal akademik eshkak eshishning M2x dasturida ishtirok etgan Shahboz Xolmirzayev hamda Mehrojbek Mamatqulov tomonidan qo‘lga kiritildi. Juftligi kumush medalga sazovor bo‘ldi. Mazkur startda oltin medal Xitoy, bronza medali esa Indoneziyaga nasib etdi.

Delegatsiyaning Osiyo o‘yinlaridagi navbatdagi medali M2- dasturida qatnashgan akademik eshkak eshuvchilar Shehroz Hakimov hamda Dilshodjon Xudoyberdiyev qo‘lga kiritdi. Ular marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Ushbu dasturda oltin medal Gonkong, bronza medali Hindiston jamoalariga nasib etdi.

O‘zbekistonlik stol tennischilari pley-off bosqichidagi yurishini chorak final ostonasida tugatdi. Vyetnamga qarshi bahs olib borgan Marhabo Magdiyeva, Rozalina Xadjayeva hamda Asel Erkebayevadan iborat jamoamiz 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Zamonaviy beshkurash bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari yakunlandi. Unda ishtirok etgan Toki—2020 Olimpiadasi qatnashchisi Alise Faxrutdinova musobaqani 1327 ochko bilan 7-o‘rinda tugatdi. Ushbu natija Faxrutdinovaga Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini taqdim qildi.

Qilichbozlik bellashuvlarida medallar uchun kurashuvchi sportchilar nomi maʼlum bo‘lmoqda. Erkaklar o‘rtasidagi rapira dasturida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchilar final bosqichiga yo‘l ola bilmadi. Muhammad Yusuf Asranov 1/8 finalda, Doniyor Saʼdullayev esa guruh bosqichida ishtirokini yakunladi. 

Halima Qurbonova dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosining ilk medaliga mualliflik qildi. O‘zbekistonlik sportchi bronza medali uchun bahsda janubiy koreyalik Xekeong Liga qarshi tatamiga chiqishi kerak edi. Biroq raqib sportchi kurashmagani uchun Qurbonova to‘g‘ridan to‘g‘ri sovrindorlar qatoridan joy oldi.

24-sentabr kungi bahslar davom ettirilmoqda. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »