Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo o‘yinlari doirasida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 25-sentabr, dushanba kuni Gongkonga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq Ley Ngai Xoi hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa o‘zbekistonliklar hisobni tenglashtirdi. 65-daqiqada Alibek Davronov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Jasurbek Jaloliddinov O‘zbekistonning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda Hojimat Erkinov raqib jamoa futbolchisi bilan tortishgani uchun qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. O‘yin 2:1 hisobida O‘zbekistonning g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Shu tariqa Timur Kapadze shogirdlari Osiyo o‘yinlari pley-offiga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 22-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan va unda O‘zbekiston Ulug‘bek Hoshimovning yagona goli evaziga g‘alaba qozongandi. 

Qayd etib o‘tish joiz, O‘zbekiston va Gongkong terma jamoalari pley-offga yo‘l oldi. Guruhdagi qolgan ikki terma jamoa Afg‘oniston va Suriya musobaqa boshlanishiga 2 kun qolganda ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi


Osiyo o‘yinlari

25-sentabr, dushanba

O‘zbekiston – Gongkong 2:1

Gol: 0:1 — 4 Ley Ngai Xoi, 1:1 — 65 Alibek Davronov, 2:1 — 70 Jasurbek Jaloliddinov.

O‘zbekiston U-23: 21.Hamidullo Abdunabiyev, 3.Mahmudjon Mahamadjonov, 6.Behzod Shamsiyev (14.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 81), 13.Eldorbek Begimov, 16.Asadbek Rahimjonov, 18.Alibek Davronov, 8.Ibrohim Ibragimov (17.Abdurauf Bo‘riyev, 63), 9.Ulug‘bek Hoshimov (19.Husayn Norchayev, 46), 15.Sherzod Esanov (10.Jasurbek Jaloliddinov, 46), 7.Hojimat Erkinov, 22.Alisher Odilov (20. Ruslanbek Jiyanov, 63).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »