Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning Namangan viloyatida bog‘cha bolalari va maktab o‘quvchilarini zaharlagani taxmin qilinayotgan yod xalqaro qidiruvdagi shaxs rahbarlik qilayotgan MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati holat yuzasidan bayonot berdi.

Unga ko‘ra, SSV huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Farmatsevtika faoliyatini litsenzsiyalash boshqarmasi tomonidan “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan “Samo” MCHJ korxonasida farmatsevtik faoliyat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 

Tekshiruv davomida dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, jumladan, zarur ishlab chiqarish amaliyoti, zarur distribyutorlik amaliyoti, zarur saqlash amaliyoti davlat standartlariga, dori vositalarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va ulgurji realizatsiya qilish doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lish va korxona tomonidan majburiy rioya qilish shart bo‘lgan litsenziya talab va shartlari bo‘yicha holatlar o‘rganilmoqda.

Shuningdek markazning akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalari tomonidan “Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament”ga muvofiq, “Antistrumin” dori vositasining xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tahlil jarayonlari ketmoqda.

“Shu o‘rinda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi keng jamoatchilikka murojaat qilib, tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu dori vositasi bilan bog‘liq holat sabablari aniqlanib, ma’lum qilinmaguncha, asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘rab qoladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Namangan viloyatida 450 nafar bola aynan shu MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan yoddan zaharlanib, shifoxonaga murojaat qilgani aytilgandi. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova bolalar dori yoki ovqatdan zaharlanmagan. Lekin hali buni aniqlab ulgurmadik, degandi. Shu gapni OAVga aytgan mas’ul, bir vaqtning o‘zida Sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamda “Samo” MCHJ rahbariga xat chiqarib, bolalarning shu yodni qabul qilishini vaqtincha to‘xtatib turaylik degandi. 

Namangan viloyatida bolalar zaharlangani holati yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »