Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Unga ko‘ra, “Mahalla beshligi” tizimi o‘z samarasini berayotgani qayd etildi. Lekin bu bilan to‘xtab qolmaslik, mahallani joylarda muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylantirish zarurligi ta’kidlandi. Bugungi yig‘ilishga qadar mas’ullar mahallalarga borib, ulardagi haqiqiy holatni o‘rgandi, joylardan takliflarni to‘pladi.

Aniqlanganidek, “beshlik” yagona jamoa sifatida ishlamayapti, har biri o‘z vazirligiga hisobdor. Xususan, ijtimoiy daftarlardagi mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlashda “beshlik”ning hamkorligi, mahalla raisining o‘rni bilinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlari mahalladagi mas’ullar tomonidan alohida-alohida yuritilayotgani, ularning vazifalarida ko‘p takrorlanishlar borligi ko‘rsatib o‘tildi. “Beshlik” zimmasiga juda ko‘p vazifalar yuklatilgani, mutasaddi rahbarlar esa buni tahlil qilmayotgani, aniq ish metodikasi ishlab chiqilmagani tanqid qilindi.

“Mahallaga topshiriq ham, ulardan so‘rov ham haddan tashqari ko‘p. Mahalladagi vakillarning yarim vaqti faqat qog‘oz to‘ldirish va majlislarga ketyapti”, — dedi davlat rahbari. 

Ba’zi hollarda ehtiyojmand aholining masalasini tez hal qilish uchun berilgan mablag‘larni ajratish qarori viloyat va tuman tashkiloti, ayrimlarida respublika idorasiga bog‘lanib qolgani ta’kidlandi. Bu ortiqcha bo‘g‘inlarni olib tashlash zarurligi qayd etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »