Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda bug‘doy uni va oziq-ovqat bug‘doyi donining eksportiga olti oy muddatga taqiq joriy etilmoqda. Masʼullarning taʼkidlashicha, mazkur qaror oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va oziq-ovqat mahsulotlarining bozor narxlarini barqarorlashtirish maqsadida qabul qiligan. Hujjat 25-sentyabrdan kuchga kirgan.

Foto: Shutterstock

Qo‘shni Qirg‘izistonning ushbu qarori O‘zbekiston un bozoriga qanchalik taʼsir qiladi? Mazkur savol yuzasidan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilshod Nazirov “Daryo”ga izoh berdi.

Aytilishicha, Qirg‘iziston O‘zbekistonning bug‘doq va don masalalaridagi asosiy importyori emas.

“Aslida ko‘p mamlakatlar bu kabi usulni qo‘llash orqali, o‘z mamlakatlaridagi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga va yangi hosil yetishguniga qadar balans saqlashga harakat qilishadi. Qirg‘izistonning bug‘doy va don mahsulotlari O‘zbekiston bozoridagi eksport ulushi deyarli salmog‘i kam bo‘lgani uchun, bozor va undagi narx-navo tebranmasiga salbiy taʼsir o‘tkazmaydi, deb hisoblash mumkin”, – deyiladi vazirlik izohida.

Qo‘shimcha qilinishicha, o‘tgan 8 oy davomida Qirg‘izistondan jami 1,5 ming tonna bug‘doy O‘zbekistonga import qilingan.

Avvalroq Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vazirligi un narxi oshishi haqida gapirgandi. Mahsulot ijtimoiy ahamiyatga ega va bozorda uning tanqisligi yuzaga kelsa, bu mamlakatda oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »