Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Vladivostok shahrida voyaga yetmagan farzandlari bilan og‘ir ahvolga tushib qolgan ayol Toshkentga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Foto: “Dunyo” agentligi

Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan N.N. voyaga yetmagan ikki nafar farzandi bilan Vladivostok shahrida moliyaviy jihatdan mushkul ahvolga tushib qolgani bois amaliy ko‘mak so‘rab Bosh konsullikka murojaat qilgan.

Uning murojaati atroflicha o‘rganib chiqilganda, fuqaro 2023-yil iyun oiyda ishlash uchun Rossiyaning Primorsk o‘lkasiga farzandlari bilan kelgani maʼlum bo‘lgan. Avgust oyida oilaviy janjal chog‘ida olingan tan jarohati tufayli u Vladivostok shahridagi 2-klinik shifoxonasining jonlantirish bo‘limida davolangan. Voyaga yetmagan farzandlari Vladivostok shahridagi Primorsk o‘lka psixonevrologik bolalar uyiga vaqtincha joylashtirilgan.

So‘ngra N.N. uy sharoitida davolanib kelgan, ishlashning imkoniyati bo‘lmagani bois tibbiyot muolajalarini qoplashda jiddiy moddiy qiyinchiliklarga ro‘para bo‘lgan.

Ayolning arizasiga muvofiq, Bosh konsullik mezbon davlatning tegishli tashkilotlari bilan muzokaralar olib borgani natijasida farzandlari onasiga olib berilgan, shuningdek, “Mehr” loyihasi jamg‘armasidan O‘zbekistonga qaytishlari uchun ona-bolalarga Vladivostok—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnoviga chipta xarid qilingan. So‘ngra ular O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.

Bundan oldin Rossiyaga ishlash uchun borib, vafot etgan ayolning 9 yoshli qizi O‘zbekistonga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Misrda avtohalokatga uchrab, og‘ir tan jarohati olgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarilgan, Rossiyada eri qamalib, chaqalog‘i bilan qiyin ahvolda qolgan ayolga yordam ko‘rsatilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »