Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xanchjou—2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlari 26-sentabr, seshanba kuni davom ettirilmoqda. 

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bitta oltin, bitta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.

-100 kg vazn toifasida harakat qilgan Muzaffarbek To‘raboyev chempionlikni qo‘lga kiritdi. To‘raboyev qiziqarli kechgan final bahsida mo‘g‘ulistonlik Gonchigsuren Batxuyagni mag‘lubiyatga uchratdi.

-90 kg vazn toifasi finalida Davlat Bobonov qirg‘izistonlik Yerlan Sherovga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan cheklandi. 

Eng og‘ir vazn toifasida ishtirok etgan Alisher Yusupov ham Osiyo o‘yinlari sovrindorlari qatoridan joy oldi. Yusupov bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Xyoga Ota ustidan g‘alaba qozonib, O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi medalni taqdim qildi.

Shuningdek, Irisxon Qurbonboyeva -78 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Qurbonboyeva uchinchi o‘rin uchun bahsda mo‘g‘ulistonlik Xuslen Otgonbayarni mag‘lub etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »