Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ispaniya prokuraturasi kolumbiyalik xonanda Shakirani olti million yevrodan ko‘proq miqdordagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblamoqda. Bu haqda “Pravila jizni” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Yangi tekshiruvlar Shakira tomonidan 2018-yilda amalga oshirilgan huquqbuzarliklarga qaratilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda ko‘chmas mulk va daromad solig‘idan bo‘yin tovlash maqsadida offshor firibgarlikdan foydalangan.

Bundan tashqari, mamlakat hukumati Shakirani 2012—2014-yillar davomida 14,5 million yevro miqdoridagi soliqni to‘lamaganlikda ayblamoqda. Prokuratura Shakira uchun sakkiz yil qamoq va 24 million yevro miqdoridagi jarima jazosi berilishini talab qilmoqda. Barselona sudi ushbu ishni 2023-yilning 20-noyabridan ko‘rib chiqa boshlaydi.

Prokuratura Shakira 2011-yildan boshlab futbolchi Jerar Pike bilan Ispaniyada yashaganini aytmoqda. Xonanda esa Ispaniyada muqim yashamagani, kam bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Futbolchi bilan ajrashganidan so‘ng xonanda o‘g‘illari ustidan vasiylikni qo‘lga kiritdi va Mayamiga ko‘chib ketdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »