Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ozarbayjon chegarachilari Armaniston hududiga kirishga uringan rossiyalik milliarder va taniqli investor, tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi “hukumati” rahbari bo‘lgan Ruben Vardanyanni qo‘lga oldi. Bu haqda Ozarbayjon Davlat chegara xizmati xabar berdi.

“Lochin nazorat-o‘tkazish punktida mamlakatda noqonuniy bo‘lgan, tan olinmagan tog‘li Qorabog‘ respublikasida davlat vaziri lavozimida ishlagan 1968-yilda tug‘ilgan Ruben Vardanyan tezkor harakat kuchlari aʼzolari hamrohligida qo‘lga olinib, Bokuga olib ketildi”, — deyiladi xabarda.

Kreml Qorabog‘dan chiqib ketmoqchi bo‘lgan tadbirkor Ruben Vardanyanning hibsga olingani haqida ma’lumotga ega emasligini aytdi.

“Menda bunday ma’lumot yo‘q. Shuning uchun bu haqda hech narsa deya olmayman”, — degan Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Shuningdek, u Vardanyanning Rossiya fuqarosi bo‘lib qolish-qolmasligiga aniqlik kiritishga qiynaldi.
 

“U Rossiya fuqaroligidan voz kechishiga ishonchim komil emas, shuning uchun bu haqda aniq izoh berishga jur’at etmayman, lekin u Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan. Ammo agar fuqarolikdan voz kechgan bo‘lsa, bu boshqa masala”, — dedi u.
  • O‘tgan avgust oyida rossiyalik milliarder va tadbirkor Vardanyan Rossiya fuqaroligidan voz kechib, Armaniston pasporti bilan Tog‘li Qorabog‘ga ko‘chib o‘tayotganini ma’lum qilgandi. Keyinchalik u tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi davlat vaziri (hukumat rahbari) lavozimini egalladi. Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘lovchi Lochin yo‘lagi blokadasi boshlanganidan keyin u o‘z lavozimidan ozod etildi. Shu paytgacha Vardanyan Tog‘li Qorabog‘da bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »