Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreyada 40 yoshli o‘zbekistonlik erkak o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, 69 yoshli koreyalik ayolni yong‘indan qutqargani haqida xabar berilgan edi. Mazkur erkak voqea haqida aytib berdi.

Foto: Janubiy Gyeongsang provinsiyasi yong‘in boshqarmasi

Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab portlash yuzaga kelgan, keyin yong‘in bo‘lgan. Tashqariga chiqqanida olov ichida odam borligini eshitgan va uni qutqarish uchun yong‘in hududiga kirgan. Hozirda ayol shifoxonada davolanmoqda. 

“Kechki soat 18:40 atrofida portlash yuzaga keldi. Kuchli zarba bilan pastimizdagi restorandan olov chiqib, qora tutunlar chiqdi. Baqir-chaqir bo‘ldi, ichida odam yotgani aytildi. Olov haddan tashqari kuchli edi. O‘sha payt kirib, odamni olib chiqish fikri kelib qoldi. Restoran boshliqlari er va xotin ekanini bilardik. Hoynahoy, egasi o‘sha keksa ayol, dedim. Olib chiqish fikri keldi. Oldi-orqamga qaramadim. Harakatimiz, Xudoga shukur, yaxshilikka bo‘ldi. Keksa ayol hayoti saqlab qolindi, davolanmoqda”, — deydi erkak.

Yong‘in haqida

Janubiy Kyonsan provinsiyasining yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga Yansan shahridagi keksa er-xotin boshqaradigan restoranda yong‘in chiqqani xabar berilgan. Tamaddixonada portlash ovozi, oynaning sinishi va alangaga guvoh bo‘lgan noma’lum shaxs 119 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Biroq bu orada ayol restoranda yolg‘iz bo‘lgan, alanga to‘satdan tarqalib ketgan. O‘t o‘chiruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ayol kuygan, hushsiz va og‘ir ahvolda bo‘lgan.

Ayolning 70 yoshlardagi turmush o‘rtog‘i yong‘in boshlanishidan oldin restoranni tark etgan va shiddatli yong‘in tufayli unga kira olmagan. Hodisa payti qo‘shni villada yashovchi O‘zbekiston fuqarosi yonayotgan restoranga kirib, ayolni olib chiqqan.

Yong‘in butun restoran va yaqin atrofdagi avtomobillarni qamrab olgan. Mahalliy vaqt bilan soat 18:44 da boshlangan yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan 19:11 da to‘liq o‘chirilgan. Keltirilgan zarar 80 million von (60 419 dollar) miqdorida baholanmoqda.

Ayni paytda ayol butun tanasining ikkinchi darajali kuyish jarohati bilan kasalxonada davolanmoqda, uning eri ham yong‘inda olgan jarohatlari tufayli muolaja olmoqda. Uni qutqargan o‘zbekistonlik erkak shisha sinishidan yengil tan jarohati olgan, unga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yong‘in xavfsizligi xodimlari hodisaning aniq sabablarini o‘rganmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »