Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev Kevin Gonsalesga qarshi ringga ko‘tariladi.

Foto: BoxingScene

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev va meksikalik Kevin Gonsales o‘rtasida birinchi yarim yengil vazn toifasida eliminator jangi uchun buyruq berdi.

Jang 9-oktabr (Toshkent vaqti bilan 10-oktabr) kuni AQSHning Texas shtati, Hyuston shahrida tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, WBA har ikki bokschi jangdan tushadigan mablag‘ni 50 % dan olishini ma’lum qildi. Bu degani, har ikki bokschi ushbu jangdan kamida 80 000 dollar ishlab oladi.

Ma’lumot uchun, WBA yo‘nalishida sobiq chempion Murodjon Ahmadaliyev ayni damda ushbu tashkilot reytingida birinchi o‘rinda, Gonsales esa ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Murodjon faoliyati davomida 12 ta jang o‘tkazib, 11 tasida g‘alaba qozongan. O‘zbekistonlik bokschi aprel oyida filippinlik Marlon Tapalesga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchrab, WBA va IBF kamarlarini boy bergandi. 

Kevin Gonsales esa prof boksda 26 ta jang o‘tkazib, 25 tasida g‘alaba qozongan. Bitta jangda esa durang natija qayd etilgan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »