Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xanchjou—2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlari 29-sentabr, juma kuni davom ettirildi.

O‘zbekistonlik sportchilar 29-sentabr kungi bahslarda qilichbozlik, yengil atletika, suzish, velotrek, o‘q otish kabi sport turlarida medallar uchun kurashdi. 

Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi shiddatli ruhda kechgan final jangida yaponiyalik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi. Bu qilichbozlik sportida Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan birinchi oltin medal.

Boks bo‘yicha -92 kg vazn toifasida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan Lazizbek Mullajonov musobaqani tark etdi. Chorak finalda xitoylik Suechjen Hanga qarshi ringga ko‘tarilgan Lazizbek 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

-80 kg vazn toifasida ishtirok etgan To‘rabek Habibullayev Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. To‘rabek Saudiya Arabistoni vakili Muhammad Alsubhi bilan jangda katta ustunlik qildi va texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Sitora Turdibekova Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. -57 kg vazn toifasida qatnashayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi pokistonlik Fotima Zahroni katta ustunlik dog‘da qoldirib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Gandbol bo’yicha O’zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini g‘alaba bilan yakunladi. Guruh bosqichining so‘nggi turida Tailandga qarshi bahs olib borgan qizlar 40:28 hisobida zafar quchdi. Afsuski, bu g‘alaba ularga pley-off bosqichiga chiqish uchun yetarli bo‘lmadi.

Bugundan yengil atletika bahslari boshlandi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan birinchi bo‘lib Laylo Allaberganova startga chiqdi. 400 metrga yugurish dasturida ishtirok etgan Allaberganova 55.01 soniya natija bilan finalga yo‘l oldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »