Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori imzolandi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Unga ko‘ra, 2023-yil 15-oktyabrdan boshlab dastlab 28 ta tuman (shahar)larda eksperiment tariqasida Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar guruhlari ko‘rsatadigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlarning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlarning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagilar:

  • og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar va oilalarga bevosita mahalla darajasida kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini baholash orqali ularga individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejalarini ishlab chiqish;
  • individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq ijtimoiy xizmatlar va yordamlarning ko‘rsatilishini tashkil qilish, shuningdek, zarur hollarda individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga tegishli tuzatishlar kiritib borish;
  • ichki resurslarni, shu jumladan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘ngillilarni (qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar, volontyorlar) ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishga jalb qilish hamda ularning mazkur sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar to‘g‘risida, shuningdek, aholining mazkur xizmatlarni olishga bo‘lgan huquqlari bo‘yicha tushuntirish berish.

Bunda, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatishda ijtimoiy xodimlarga har tomonlama ko‘mak berish bo‘yicha shaxsan mas’ul va javobgar hisoblanadi.

2023-yil 15-oktyabrdan boshlab talabgorlarni o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etish yoki bekor qilish, shuningdek, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritish (undan chiqarish) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining qaroriga asosan amalga oshiriladi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlariga muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini agentlik huzuridagi uy-joy fondiga ega bo‘lgan muassasalarga olti oygacha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish huquqi beriladi.

Bundan tashqari, agentlik 2024-yil 1-yanvargacha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda “mahalla yettiligi” tomonidan yagona savolnoma asosida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi muammolarini aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yilishini, og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan aholi toifalarini aniqlash yuzasidan takliflar hukumatga kiritilishini ta’minlaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »