Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ganalik futbolchi Kevin Prins Boateng “Barselona”ga o‘tish uchun yolg‘on gapirganini tan oldi.

Ular mendan dunyoning eng yaxshi futbolchisi kimligini so‘radi. Men esa: “Messi” deya javob berdim. Ammo bu katta yolg‘on edi. Odatda, rost gapiraman, lekin bu safar “Barselona” libosida maydonga tushishim uchun ular istagan gapni aytishim kerak edi.

“Qaymoqranglilar” muxlislaridan uzr so‘rayman, men yoshligimdan “Real”ning o‘yinlarini sevib tomosha qilaman. O‘sha vaqtda buni tan ololmasdim.

Messi sardor bo‘lsa-da, jamoadoshlari bilan kamdan kam gaplashardi. Bir marta u bilan suhbatlashganmiz, o‘shanda Leo mendan Italiyada gol urish qiyin yo qiyin emasligi haqida so‘ragandi. Chunki Ronaldu A Seriyada o‘ynar, ular o‘rtasidagi raqobat davom etardi.

Men unga Italiyada o‘ynash qiyinligini aytgandim. Ronaldu u yerda 3 yil davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan.

Kevin Prins Boateng 2019-yilda “Sassuolo”dan “Barselona”ga ijara asosida o‘tgandi. Ganalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar” safida 3 ta o‘yinda maydonga tushgan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »