Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “2024—2027-yillarda maktabdan tashqari taʼlimni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Quyidagilar maktabdan tashqari taʼlim tizimini 2023—2027-yillarda yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilanmoqda:

  • “Barkamol avlod” bolalar maktablari va uning tarmoq to‘garaklariga umumtaʼlim maktablari o‘quvchilarining 50 foizini qamrab olish chorasini ko‘rish;
  • o‘quvchilar orasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishga sharoit yaratish maqsadida 1 500 ta xorijiy til to‘garaklarini tashkil etish;
  • STEAM-taʼlim dasturi asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga xususiy sektorni jalb qilish orqali to‘garak aʼzolari sonini 2 baravarga oshirish;
  • 100 ta Maktabda bosqichma-bosqich STEAM-taʼlim laboratoriyasini tashkil etish;
  • Maktablar faoliyatini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish;
  • o‘quvchilarga yurtimizda turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlardagi turizm obyektlari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan onlayn turizm — virtual maydonlarini tashkil etish.

 Belgilanishicha:

  • 2024-yil 1-yanvardan tuman (shahar) maktablaridagi 1 shtat birlik uslubchi lavozimini qisqartirish hisobiga 1 shtat birlikda buxgalter shtati joriy etiladi.

Bunda, 2024-yil 1-yanvardan boshlab tuman (shahar) Maktablariga markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladi.

2024-yil 1-fevraldan boshlab:

  • Maktablar to‘garak aʼzolarining IT-taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari doirasida har yili 200 million so‘mgacha bo‘lgan grantlar ajratiladi,

2024-yil 1-yanvardan boshlab har bir yo‘nalish bo‘yicha xalqaro tadbirlarda g‘olib bo‘lgan Maktab to‘garak aʼzolari mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash tavsiya etilsin:

  • 1-o‘rin uchun – 20 baravarida;
  • 2-o‘rin uchun – 15 baravarida;
  • 3-o‘rin uchun – 10 baravarida;
  • Laureat uchun – 8 baravarida.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi har yili 10-yanvarga qadar Maktab to‘garak aʼzolarining ishtirok etishi belgilangan xalqaro miqyosdagi tadbirlarning kalendar rejasini tasdiqlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 25-may kuni Shavkat Mirziyoyev huzurida maktab ta’limidagi islohotlarning borishi muhokama qilingandi. O‘shanda  “Barkamol avlod” maktablari faoliyati va infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqish, ularda STEAM yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish vazifasi qo‘yilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »