Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 1941-1945-yillardagi urush qatnashchisi va nogironi sifatida Pensiya jamg‘armasi hisobida turib, pensiya olayotgan nuroniylar soni 97 nafarni (shundan 11 nafari ayollar) tashkil qiladi. Bu haqda jamg‘arma maʼlumot berdi.

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, pensionerlardan 28 nafari 100 yoshga to‘lgan va undan katta, 13 nafari 99 yoshga, 31 nafari 98 yoshga to‘lgan. Shuningdek, 21 nafari 97 yoshga to‘lgan, 2 nafari 96 yoshga, qolgan 2 nafari 95 va 94 yoshlarga to‘lgan.

Pensiya jamg‘armasi 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlariga pensiyasidan tashqari to‘lanayotgan ustama haq, kompensatsiya va qo‘shimchalar to‘g‘risida ham axborot berdi.

Maʼlum qilinishicha, ularga har oyda pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi miqdorida ustama haq (520 ming 500 so‘mdan) to‘lanadi.

100 yoshga to‘lgan va 100 yoshdan kattalarga har oyda pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida – 347 ming so‘m, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash uchun kompensatsiya puli 173 ming 500 so‘mdan to‘lab boriladi.

Shu bilan birga, har oyda BHMning 100 foizi miqdorida oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena mahsulotlari o‘rniga qo‘shimcha to‘lov (330 ming so‘m), bir yilda bir marotaba BHMning 1500 foizi miqdorida bepul yetkazib beriladigan kiyim bosh hamda oyoq kiyim tovarlari o‘rniga kompensatsiya puli – 4 million 950 ming so‘m to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, hozir O‘zbekistonda 4,5 million nafar pensiya va nafaqa oluvchilar bor. Davlat pensiyalarining barcha turlari uchun yillik 53,5 trillion so‘m to‘lanmoqda. Bunda bir oylik o‘rtacha xarajatlar miqdori qariyb 4,5 trillion so‘mni tashkil etadi. Joriy yil 1-iyul holatiga respublikada eng yuqori ish haqi bilan pensiya (hisoblangan) tayinlangan fuqarolar 401,9 ming nafarni va eng kam miqdorda pensiya oluvchilar 652,9 ming nafarni tashkil etgan.

Hozirda mamlakatda eng kam miqdordagi pensiyalar quyidagicha:

  • Yoshga doir eng kam pensiya – 677 000 so‘m;
  • Nogironlik pensiyalari, jumladan, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 747 000 so‘m;
  • Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – 747 000 so‘m;
  • Belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 so‘mdan) 747 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 747 000 so‘m.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »