Xanchjou—2022. To‘rabek Habibullayev Osiyo o‘yinlari bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Xanchjou—2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlari 4-oktabr, chorshanba kuni davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschi To‘rabek Habibullayev Osiyo o‘yinlari sovrindoriga aylandi.
-80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Habibullayev yarim finalda xitoylik Tanglatixan To‘xtarbekka qarshi ringga ko‘tarildi.
Qiziqarli jang mezbon bokschining g‘alabasi bilan yakunlandi va To‘rabek Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar