Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning Rossiya bilan savdo hajmini tahlil qildi. Hisob–kitoblarga ko‘ra, oxirgi 6 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2017-yildagi 4,73 milliard dollardan 2022-yilda 9,33 milliard dollarga, eksport 2,0 milliard dollardan 3,1 milliard dollarga 1,5 barobarga, import 2,3 barobarga, 2,7 milliard dollardan 6,23 milliard dollarga o‘sgan.

2022-yilda O‘zbekistonning Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 23,6 foizga o‘sib, 9,3 milliard dollarni tashkil etdi, eksport esa sezilarli darajada 48,4 foizga o‘sib, 3,1 milliard dollarni, import 14,1 foizga o‘sib, 6, milliard dollarni tashkil etdi.

O‘zbekistonning tashqi savdo hamkorlari orasida o‘zaro savdo hajmi bo‘yicha 2022-yilda Rossiya 18,6 foiz tovar ayirboshlash ulushi bilan birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, O‘zbekiston eksportida Rossiyaning ulushi 16,1 foiz, importda esa 20,3 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning 8 oyi davomida O‘zbekistonning Rossiya bilan savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,4 foizga (6,1 milliard  dollarga), eksport 5,1 foizga (1,9 milliard dollarga), import 8,5 foizga (4,2 milliard dollarga) o‘sdi. O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida Rossiyaning ulushi 15,4 foiz, eksportdagi ulushi 12 foiz, importdagi ulushi 17,8 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonning savdo sheriklari bo‘lgan mamlakatlar orasida tovar ayirboshlash hajmi bo‘yicha Rossiya 15,4 foiz ( Xitoy birinchi o‘rinda - 20,7 foiz) ulushi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, Rossiya 12 foiz ulush bilan O‘zbekiston eksportining umumiy hajmida birinchi o‘rinni egalladi (eksportdagi Xitoy ulushi -10,6 foiz).

O‘zbekiston Rossiyaga to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechak, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari, kimyo mahsulotlari, ayrim turdagi sanoat va boshqa tayyor mahsulotlar, shuningdek xizmatlar eksport qiladi. Masalan, joriy yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy yeksportining 42 foizi Rossiyaga eksport qilindi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Rossiyadan sanoat tovarlari, shu jumladan, qora va rangli metallar, ulardan tayyorlangan mahsulotlar, mexanik va elektr jihozlari, yog‘och, neft mahsulotlari, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari hamda xizmatlarni import qiladi. Masalan, joriy yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston sanoat mahsulotlari umumiy importida ushbu turdagi mahsulotlar importining 35,2 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keldi.

2023-yil 1-sentyabr holatiga Rossiya O‘zbekistonda tashkil etilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi – 2849 korxona yoki xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 22,3 foizi. Shuningdek, Rossiya joriy yilning yanvar-avgust oylarida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha ham yetakchi hisoblanadi – 425 korxona.

Joriy yilning birinchi yarmida Rossiya o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar umumiy hajmining 18,8 foizini tashkil etdi. O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘plangan Rossiya investitsiyalarining umumiy hajmi 10 milliard dollardan oshadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »