Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hukumat qaroriga asosan, 2023-yil 1-noyabrdan o‘rtacha oylik isteʼmol miqdoridan ortiqcha elektr energiyasi sarflaganlarga narxlar bir necha barobar qimmatlashadi.

Foto: “Daryo”

Qarorga ko‘ra, isteʼmol qilinadigan elektr energiyasidan oqilona foydalanish maqsadida elektr energiyasining quvvati o‘rtacha oylik isteʼmol miqdoridan oshib ketgan III guruh isteʼmolchilariga:

  • 1 001 dan 5 000 kVt soatgacha isteʼmol uchun belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar (590 so‘m);
  • 5 001 dan 10 000 kVt soatgacha isteʼmol uchun belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar (885 so‘m);
  • 10 000 kVt soatdan yuqori isteʼmol uchun belgilangan tarifga nisbatan 4 barobar (1180 so‘m) o‘suvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, narxlarning isteʼmol miqdoriga qarab belgilanishi inqilobiy qadam hisoblanadi.

“Va nihoyat to‘g‘ri qadam bosish boshlangandek. Nihoyat hukumat elektr energiyasi tariflari borasida sevimli boylar tarafdan uzoqlashib ijtimoiy qatlamga qayisha boshlagan. Mana buni adolatli haqiqat desa bo‘ladi. Inqilobiy adolatli haqiqat”,—deb yozgan u.

Avvalroq O‘zbekistonda gaz va elektr narxini bosqichma-bosqich erkinlashtirish boshlangani xabar qilingandi. Xususan, joriy yil 1-oktabrdan isteʼmolchilarning 1- va 2-guruh toifasi uchun elektr energiyasi narxi1 kvt/soatiga 1 000 so‘mgacha (NKMK, OTMK, O‘zbekiston metallurgiya zavodi, byudjet tashkilotlari), qolgan biznes va yuridik shaxslar uchun kvt/soatiga 900 so‘mgacha oshirildi.

So‘nggi marta mamlakatda gaz va elektr energiyasi tariflari 2019-yilning avgust oyida o‘zgargandi.  Hozirda narxlar oshirilishi birinchi bosqichda yuridik shaxslarga, tadbirkorlarga va yirik korxonalarga taʼsir qiladi. Aholi uchun esa tariflar o‘zgarishsiz qolmoqda.

O‘tgan yilgi muhokamalarda elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlarini ijtimoiy norma asosida belgilash va oshirish nazarda tutilgandi. Ya'ni oqilg‘i-energetika resurslari isteʼmoli uchun narxlar yangi tizim asosida o‘zgarishi taklif etilgan. Xususan, aholi uchun 1 kVt soat elektr energiyasi isteʼmoli oyiga 250 kVt soatgacha – 325 so‘m, 250 kVt soatdan yuqori har 1 kVt soat uchun – 650 so‘m etib belgilanishi aytilgan. Ammo ayrim sabablarga ko‘ra, ushbu rejani amalga oshirish kechiktirilgan. 

Izoh

Махмуд Абдулхаев

05.10.2023, 15:05

электромобиль оганла ўз ўзидан тарифдан ошиб кетадику нега бу тарафини ўйламиди бу "ақилли каллалар" энди кўчада электромобиль запрафкаси хар кв 3000 сўмдан қилишимиз кереми

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »