Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozara klubining 20-yig‘ilishi doirasidagi konferensiya chog‘ida Rossiya yadro qurolini sinovdan o‘tkazishi kerakmi yoki yo‘qligini bilmasligini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar faqat yadroviy qurol sinovlarini taqiqlash haqidagi hujjatni imzolagan, Rossiya ham uni imzolagan va ratifikatsiya qilgan. Putinning fikricha, “nazariy jihatdan bu ratifikatsiyani bekor qilish mumkin”. 

“Men yadroviy qurol sinovlariga qaytishga chaqiriqlarni ko‘ryapman. Yadro sinovlari o‘tkazilishi kerakmi yoki yo‘qmi, bir narsa deyishga tayyor emasman, lekin biz vaziyatga qarab muqobil javob qaytaramiz”, — dedi Putin.

Foto: “RIA Novosti”

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Rossiyaga qarshi yadro quroli qo‘llanilsa, javob zarbasida “shunchalik ko‘p raketalar bo‘ladiki, birorta ham dushman omon qolish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi”.

Putin yadro qurolidan foydalanish imkoniyati harbiy doktrinada ko‘rsatilganini ta’kidladi. Hozircha u bu borada biror narsani o‘zgartirish zaruriyatini ko‘rmayotganini qo‘shimcha qildi.

“Hamma narsani o‘zgartirish mumkin, lekin men bunga ehtiyoj sezmayapman. Bugungi kunda Rossiya davlatchiligi va Rossiya davlatining mavjudligiga tahdid soladigan vaziyat yo‘q”, — dedi Rossiya prezidenti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »