Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatining Kupyanskiy tumanidagi kafe-do‘konga raketa hujumi uyushtirdi, oqibatda 47 kishi halok bo‘ldi, deya ma’lum qildi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Telegram’dagi kanalida.

“Rossiya terroriga chek qo‘yish kerak. Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam beradigan har bir odam jinoyatchidir. Rossiyani hozirgacha qo‘llab-quvvatlagan har bir odam yovuzlikni qo‘llab-quvvatlamoqda. Rossiyaga bu va shunga o‘xshash teraktlar faqat bitta maqsadda kerak: o‘zining genotsid agressiyasini butun dunyo uchun yangi normaga aylantirish. Hayotni asrashda bizni qo‘llab-quvvatlayotgan har bir rahbarga, har bir insonga minnatdorchilik bildiraman!” — dedi u.

Foto: Oleg Sinegubov Telegram kanali

Xarkov viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Oleg Sinegubovning aniqlik kiritishicha, Rossiya qo‘shinlari Kupyanskiy tumani Groza qishlog‘idagi kafe va do‘konga zarba bergan.

“Hozirgi vaqtda vayronalar ostidan 48 nafar halok bo‘lganlarning jasadi chiqarildi, ular orasida olti yoshli bola ham bor. Yana olti kishi, jumladan, bir bola jarohatlangan. Shifokorlar ularga zarur yordam ko‘rsatmoqda”, — dedi Sinegubov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »