Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasi xodimlari tomonidan o‘rnatilgan videoqopqonga Sibir tog‘ echkisi muhrlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Sibir tog‘ echkisi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, asosan, chiqish qiyin bo‘lgan baland tog‘larda yashaydi. Ular o‘rtacha 15-17 yil umr ko‘radi va yilda 1-2-marta bolalaydi.

“Hisor” davlat qo‘riqxonasi bu jonivorlarning doimiy maskanidir. Sibir tog‘ echkisi Ekologiya vazirligi tomonidan doimiy muhofazaga olingan.

Fotoqopqonga muhrlangan noyob hayvonlar

Sentyabr oxirlarida “Zomin” davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga “Archa maydon” hududida sayr qilib yurgan ona-bola Turkiston silovsini tushib qolgani ma’lum bo‘lgan edi. 2022-yilning oktyabr oyida “Surxon” davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga manul tushib qolgandi. Shuningdek, “Hisor” davlat qo‘riqxonasi qo‘riqlash xodimlari tomonidan o‘rnatilgan fotoqopqon obyektiviga Turkiston silovsini, “Chotqol” davlat biosfera qo‘riqxonasida esa qor qoploni muhrlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »