Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

1960-yillardan beri qo‘shiqlari musiqiy chartlarda birinchi o‘rinni egallab turgan mashhur xonanda Sherning Mayami shahridagi hashamatli uyi sotuvga qo‘yildi.

Foto: Dina Goldentayr

Xonanda Sherning muxlislari uni “pop musiqasi ma’budasi” deb atashadi. U 100 milliondan ortiq plastinka chiqargan va qo‘shiqchilar erishishi mumkin bo‘lgan barcha mukofotlarni olgan — “Gremmi” va “Emmi”dan tortib “Oskar” va uchta “Oltin globus”gacha. 1960-yillarda qo‘shiqchi eri bilan “Sonni va Sher” duetini tashkil qiladi, ajrashgandan keyin ham muvaffaqiyatli yakkaxon karyerasini davom ettiradi. U Brodveyda chiqish qiladi, film va televideniyeda rol o‘ynaydi, folklordan tortib diskoteka va rokkacha turli janrlarda ijod qiladi. Sher hozirda 1960-yillardan 2010-yillargacha ketma-ket olti 16 davomida Billboard chartida birinchi o‘rinni egallagan yagona xonandadir.

Foto: Dina Goldentayr
Foto: Dina Goldentayr

Musiqadan tashqari, Sher interyer bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi — u Gavayi va Kaliforniyadan tortib Nyu-York va Floridagacha bo‘lgan bir nechta hashamatli uylarga egalik qiladi. 1993-yilda Sher Mayamidagi La Gors orolida uy sotib olib, uni o‘zi bezatadi va uch yildan so‘ng uyni Kalvin Klein asoschilaridan biri Barri K. Shvartsga sotadi. Ikki qavatli, 1250 kvadrat metrlik oq toshdan qurilgan turar joy hozirda 42,5 million dollarga sotuvga qo‘yilgan.

Foto: Dina Goldentayr
Foto: Dina Goldentayr

Bu uy Sherning Mavritaniya me’morchiligi elementlariga bo‘lgan muhabbatining ajoyib namunasi. Katta derazalar va ochiq ayvonlar tufayli xonalarda har doim tabiiy yorug‘lik yetarli darajada bo‘ladi.

Foto: Dina Goldentayr

Oshxona amerikacha uslubda bo‘lib, ulkan stol, marmar peshtaxtalar va barcha kerakli texnikalar bilan jihozlangan. Hashamatli uyda mehmonxona, ikki kishilik marmar vanna va dush bilan jihozlangan hammom, kiyinish xonasi va katta ayvon mavjud. Qulaylik yaratish maqsadida uyda fitnes markaz va kinozal mavjud.

Foto: Dina Goldentayr
Foto: Dina Goldentayr

Turar joy sohilning ro‘parasida joylashgan bo‘lib, tashqaridan Meksika ko‘rfazi manzarasi ko‘rinib turadi. Uy atrofi palmalar bilan o‘ralgan, hovlida esa katta basseyn, gidromassajli vanna, sauna va yozgi uycha mavjud.

Foto: Dina Goldentayr

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »