Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan qator o‘yinlar 4-oktabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi. 

“PSJ” safarda “Nyukasl” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Almiron hisobni ochdi. 39-daqiqada Den Bern inglizlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 50-daqiqada esa Longstaff hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Luka Ernandes hisobni qisqartirdi. O‘yin so‘ngi Sher “Nyukasl”ning navbatdagi golini urdi. Shu tariqa Ingliz klubi “PSJ” ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi.

 

“Barselona” esa “Portu” bilan bahs olib bordi va Ferran Torresning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

“Manchester Siti” “Leypsig”ni 3:1 hisobida taslim etdi. “Shaharliklar” safida Fil Foden, Xulian Alvares hamda Doku gol muallifi bo‘lgan bo‘lsa, nemis jamoasida Openda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 

“Borussiya D” va “Milan” o‘rtasidagi bahsda darvozalar ishg‘ol etilmadi.


YCHL

2-tur

4-oktabr, chorshanba

“Nyukasl” – “PSJ” 4:1

Gollar: 1:0 – 17 Almiron, 2:0 – 39 Bern, 3:0 – 50 Longstaff, 3:1 – 56 Ernandes, 4:1 – 90 Sher.

“Nyukasl”: Poup, Trippyer, Sher, Lassels, Bern, Bruno Gimaraes, Longstaff, Tonali (Anderson, 65), Almiron (Merfi, 71), Gordon (Targett, 90), Isak.

“PSJ”: Donnarumma, Hakimi, Markinyos, Shkrinyar, Ernandes, Ugarte (Vitinya, 64), Zair-Emeri, Dembele, Mbappe, Kolo-Muani (Barkolya, 57), Gonsalu Ramush.

Ogohlantirishlar: Ernandes (38), Hakimi (43), Bruno Gimaraes (45), Dembele (67), Gordon (70), Zair-Emeri (81), Poup (87).

“Portu” – “Barselona” 0:1

Gol: 0:1 – 45 Ferran Torres.

“Portu”: Diogu Koshta, Joau Mariu (Niko Gonsales, 85), Fabiu Kardozu, Karmu, Vendell, Romariu Baro (Evanilson, 64), Eushtakiu, Varela (Fransishku Konseysau, 85), Pepe, Taremi (Namaso, 85), Galeno (Xayme, 85).

“Barselona”: ter Stegen, Joau Kanselu, Kunde, Arauxo, Balde, Gundo‘g‘an, Romeu (Serji Roberto, 69), Gavi, Joau Feliks (Lopes, 69), Yamal (Alonso, 80), Levandovski (Ferran Torres, 34).

Ogohlantirishlar: Joau Kanselu (13), Fabiu Kardozu (28), Arauxo (29), Xavi (30), Gavi (36), Kunde (47), Joau Feliks (50), Serji Roberto (86).

Chetlatish: Gavi (90).

“Leypsig” – “Manchester Siti” 1:3

Gollar: 0:1 – 25 Foden, 1:1 – 48 Openda, 1:2 – 84 Alvares, 1:3 – 90 Doku.

“Leypsig”: Blasvix, Simakan, Klostermann, Lukeba, Raum, Forsberg (Sheshko, 70), Shlager, Zayvald (Aydara, 85), Simons, Poulsen (Baumgartner, 75), Openda (Verner, 70).

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ruben Diash, Gvardiol, Akanji (Doku, 72), Lyuis, Grilish (Ake, 72), Bernardu Silva (Mateush Nunesh, 87), Rodri, Foden (Alvares, 79), Holand.

Ogohlantirishlar: Akanji (65), Shlager (72), Raum (78).

“Borussiya D” – “Milan” 0:0

“Atletiko” – “Feyenoord” 3:2

Gollar: 0:1 – 7 Ermoso (avtogol), 1:1 – 12 Morata, 1:2 – 34 Gansko, 2:2 – 45 Grizmann, 3:2 – 47 Morata.

“Seltik” – “Latsio” 1:2

Gollar: 1:0 – 12 Furuxasi, 1:1 – 29 Vesino, 1:2 – 90 Pedro.

“Antverpen” – “Shaxtyor” 2:3

Gollar: 1:0 – 3 Muya, 2:0 – 33 Balikvisha, 2:1 – 48 Sikan, 2:2 – 71 Rakiskiy, 2:3 – 76 Sikan.

“Srvena Zvizda” – “Yang Boys” 2:2

Gollar: 1:0 – 35 Ndiaye, 1:1 – 48 Ugrinich, 1:2 – 61 Itten (penalti), 2:2 – 88 Bukari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »