Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Apple yaqinda yangi iOS 17 versiyasini taqdim etdi, u juda ko‘p qiziqarli xususiyatlarga ega. Biroq tasavvur qiling-a, iPhone sizni o‘tmishga qaytara olishi mumkinmi? Endilikda bu fantastika emas.

Foto: Europa Plus

Caviar iPhone 14 va 15 Pro va Pro Max modellari uchun yangi versiyani namoyish etdi. Mutaxassislar bu muhandislik ishini Time machine, ya’ni “Vaqt mashinasi” deb atashdi. Agar siz uni iPhone’ning oddiy gadjeti deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, adashasiz.

Foto: Europa Plus

Ushbu smartfonlarning orqa tomoni 24 karatli tilla bilan qoplangan. Shuningdek, u ishlaydigan mexanik soat bilan bezatilgan. Biroq  mahsulotning asosiy xususiyati umuman o‘zgacha.

Gadjetning dizayni qadimiy artefaktlarni o‘z ichiga olgan: iPhone 2G da ishlaydi, uning g‘ilofi tirannozavrning tishidan, shuningdek yoshi 4,5 milliard yildan oshgan haqiqiy meteorit parchasidan yasalgan. Bu hazil emas.

Foto: Europa Plus

“Caviar bilan o‘tmishga qaytishga tayyormisiz?”, — deya izoh bergan ishlab chiqaruvchilar.

Foto: Europa Plus

Albatta, har kim ham bu gadjetni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Birinchidan, ushbu gadjetdan faqat uch dona ishlab chiqariladi. Ikkinchidan, bitta gadjetning narxi 70 000 dollardan oshadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »