Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Niderlandiya 2023-yilda Ukrainaga 102 million yevro miqdorida uchinchi yordam paketini ajratadi, deb xabar qildi mamlakat Vazirlar Mahkamasi.

“Niderlandiya Ukrainaga 2023-yilda uchinchi yordam paketiga 102 million yevro ajratmoqda. Ushbu qo‘shimcha mablag‘ning 60 millioni mamlakat tiklanishiga hissa qo‘shmoqchi bo‘lgan Gollandiya kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi”, — deyiladi hukumat bayonotida.

Qayd etilganidek, ajratilgan mablag‘ning 30 millioni qish arafasida Ukraina uchun gaz sotib olish va elektr tarmoqlariga ehtiyot qismlar yetkazib berishga sarflanadi.

Foto: Google Images

Qolgan 12 million yevro esa Ukrainaga islohotlar o‘tkazish va boshqa maqsadlarda texnik yordam ko‘rsatadigan XVJga yo‘naltiriladi.

Avvalroq Niderlandiya rasmiylari 2023-yilda Ukrainaga jami 2,5 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatishni rejalashtirayotganliklarini ma’lum qilgandi. Shu kungacha Niderlandiyaning Kiyevga bergan harbiy yordami 1,9 milliard yevroni tashkil qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »