Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bundan 5 yil avval AQShda UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor va yengil vazn toifasidagi chempion dog‘istonlik Habib Nurmagomedov o‘rtasida UFC 229 musobaqasining asosiy jangi bo‘lib o‘tgandi.

“Yil jangi” deya nom olgan to‘qnashuv oktagonda ham undan tashqarida ham juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

Foto: USA Today

Jangdan oldin

Konor Makgregor 2017-yil avgust oyida yengilmas Floyd Meyvezer bilan professional boks qoidalari bo‘yicha jang qilish uchun UFC’dagi faoliyatini to‘xtatib turgandi. Dog‘istonlik jangchi esa 2018-yil aprel oyida El Yakvintani yengib, uzoq kutilgan chempionlikni qo‘lga kiritgandi. 

Habib va oktagonga qaytayotgan Konor o‘rtasidagi jang qizg‘in kechishi ma’lum edi. Irlandiyalik sportchi o‘zining xarakteriga sodiq qolgan holda, jangdan oldingi bir necha tadbirlarda Habibni haqorat qilar, turli nomaqbul so‘zlarni aytardi. Nurmagomedov esa xotirjamlikni zo‘rg‘a saqlab, barchasiga oktagonda javob qaytarishga va’da bergan. 

Foto: Getty Images

Jangchilar jamoalari o‘rtasidagi adovatga Nurmagomedovning aprel oyidagi chempionlik jangidagi voqealar ham sabab bo‘lgan. O‘shanda Habib Konorning sparring sherigi rossiyalik Artyom Lobovning yuziga tarsaki tushirgandi va Makregor bunga javoban dog‘istonlik sportchi va uning jamoasi avtobusiga hamla qilgandi. 

Jang

2018-yilning 6-oktabr oyida Las-Vegasda UFC 229 musobaqasi o‘tkazildi.

Birinchi raunddayoq Habib jang nazoratini o‘z qo‘liga oldi. Konor esa raqibining quchog‘idan qochib qutula olmadi. 

Foto: Getty Images

Ikkinchi raundda esa Habib yana bir teykdaunni amalga oshirdi va Konordan ustunligini yaqqol namoyon etdi. Gongdan so‘ng Konor qiyinchilik bilan o‘rnidan turdi. 

Uchinchi raundda Habib “stoyka”da jang qilishga qaror qildi. Ushbu besh daqiqada Nurmagomedov charchab qolgan Konorning hududida jang qildi.

To‘rtinchi raundda Habib yana Konorni parterga oldi. Makgregor taslim bo‘lib, Nurmagomedovning qo‘liga urdi. 

Jangdan so‘ng

Habib Konorni qo‘yib yubordi va irlandiyalik sportchiga nimadir dedi. So‘ngra, ortiga o‘girilib, Makgregor jamoasi tomon harakatlanib, oktagondan sakrab o‘tib, Konorning murabbiyi Dillon Denisga tashlandi.

Foto: Getty Images

Bu paytda dog‘istonlik jangchining do‘sti Zubayra Tuxugov va sambo bo‘yicha sobiq chempion Esedulla Emiragayev Konor tomon yugurdi. Charchagan Makgregor bir necha marta zarba qabul qilib oldi. Nurmagomedov jamoasining uch nafar a’zosi vaqtincha hibsga olindi.  

UFC prezidenti Dana Uayt g‘olibga kamarni taqdim etmadi va keyinroq matbuot anjumni sportchining diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligini ham ma’lum qilgandi. 

Diskvalifikatsiya

Nevada shtati atletika komissiyasi Habib va uning jamoasi a’zolari ishi bo‘yicha o‘z hukmini bir necha bor kechiktirdi. 2019-yilning yanvar oyida Habib 9 oyga diskvalifikatsiya qilindi va jang uchun gonorarning chorak qismi — 2 million dollardan 500 mingini yo‘qotdi. Tartibsizliklarda ishtirok etgan Makgregor unchalik og‘ir bo‘lmagan jazo — 6 oylik diskvalifikatsiya va 50 ming dollar jarimaga tortilgan. 

Keyingi faoliyat

Habib Nurmagomedov 2019-yil sentabr oyida Dastin Poryega qarshi, 2020-yil oktabr oyida Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko‘tarildi va ikkalasida ham g‘alaba qozondi. Getjiga qarshi jangdan so‘ng Habib faoliyatini yakunladi. 

Konor Makgregor esa 2020-yil Donald Serroneni mag‘lub etdi. Shundan so‘ng ikki marta Dastin Poryega qarshi oktagonga ko‘tarilib, ikkalasida ham mag‘lubiyatga uchradi. 2021-yildagi jangda Konor oyog‘ini sindirib olgandi. Makgregor hozirda yana faoliyatini tiklash haqida o‘ylamoqda. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »