Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga har doimgidek samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi holatini yuksak baholadi. Tomonlar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning jadal sur’atini qayd etdi.

Ushbu oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlik doirasida bir qator tadbirlar, shu jumladan Hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning to‘rtinchi yig‘ilishi, tibbiyot, rektorlar va hududlar forumlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani ta’kidlandi. Sanoat kooperatsiyasi jadal rivojlanmoqda. O‘zbekistonda Rossiya investisiyalari hajmi oshib bormoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Prezidentlar hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim ekanini qayd etdi. 4-oktyabr kuni Qozon shahrida o‘tgan uchinchi Hududlararo hamkorlik forumi yakunida 3,5 milliard dollarlik bitim va shartnomalar imzolandi.

Hududlar kesimida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yil bo‘yi o‘zaro tashriflar reja-jadvalini o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi. Uchrashuv chog‘ida Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash masalalari ham batafsil ko‘rib chiqildi.

Kuni kecha Butunrossiya ko‘rgazma markazida O‘zbekistonning yangilangan paviloni ochildi. Prezidentlar tadbirlarga boy va serqirra madaniy-gumanitar hamkorlikni yuqori baholadi. Muhim madaniy voqealar: Moskvada “Lazgi” milliy baleti premerasi, O‘zbekiston madaniyati kunlari, mamlakatda esa “Rossiya fasllari” loyihasi doirasidagi tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Davlat rahbarlari 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan Madaniy hamkorlik dasturini qabul qilishga kelishib oldi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Samimiy va do‘stona o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkalash borasidagi intilish qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »