Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shvetsiya mudofaa vaziri Pal Jonson Ukrainaga 2,2 milliard shved kroni (199 million dollar) miqdoridagi yangi yordam paketi berilishini ma’lum qildi.

Yangi paket asosan artilleriya o‘q-dorilaridan iborat. Jonson matbuot anjumanida Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yuborish imkoniyatini ham ko‘rib chiqayotganini ta’kidladi, deb xabar beradi Reuters.

Hukumat mamlakat qurolli kuchlaridan Jas Gripen qiruvchi samolyotlarini 6-noyabrgacha yetkazib berish imkoniyati haqida so‘radi. Vazirning ta’kidlashicha, Shvetsiya ichki xavfsizligi nuqtayi nazaridan samolyotlarni jo‘natishdan oldin mamlakat NATOga a’zo bo‘lishi kerak.

Foto: Reuters

Ajratilgan yordam Shvetsiyaning Ukrainaga 14-yordam paketi bo‘ldi. 2022-yilning fevralidan boshlab shvedlar Ukrainaga umumiy qiymatda 22 milliard shved kronidan ortiq yordam taqdim qilgan.

2022-yil may oyida Shvetsiya va Finlyandiya NATOga aʼzo bo‘lish uchun ariza berishdi. 2023-yil 4-aprelda Finlyandiya ittifoqqa qo‘shildi. Turkiya Shvetsiyaning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha majburiyatlarini bajarishini talab qilib, uning alyansga qo‘shilishiga to‘sqinlik qildi.

Avgust oyida NATO bosh kotibi Shvetsiyani bu yil kuzda alyansga qo‘shishni taklif qilgan edi. Turkiya Shvetsiyaning arizasini ma'qullashga rozi bo‘ldi, biroq yozda Turkiya parlamenti ta’tilga chiqib ketdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »