Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sochlarning go‘zalligi bevosita organizm salomatligi holatiga bog‘liq. Butun tana singari ular ham oziqlantiruvchi moddalarni talab qiladi. Agar sizni soch to‘kilishi, mo‘rtlik, xiralik yoki qazg‘oq bezovta qilsa, balki sizning organizmingizda ba’zi vitaminlar va elementlar yetishmayotgandir.

Foto: “Noviy ochag”
 

A vitamini

A vitamini tanamizdagi har bir hujayra uchun zarur, shu jumladan sochlar va bosh terisiga ham. A vitaminining katta miqdori tuxum, jigar, ismaloq, oshqovoq va sabzilarda uchraydi. U bosh terisini namlantiradi, teri bezlarining yog‘ ishlab chiqarishiga ta’sir ko‘rsatadi va sochlarni qurib qolishdan himoya qiladi. Bu vitaminning yetishmasligi qazg‘oq paydo bo‘lishiga va sochlarning haddan tashqari ko‘p to‘kilishiga olib kelishi mumkin.

vitamini

Organizmda D vitaminining yetarli miqdori qazg‘oqning paydo bo‘lishi va sochlar mo‘rtligidan xalos bo‘lishga yordam beradi. Bundan tashqari u organizmga yangi follikulalar yaratishga imkon beradi, buning natijasida vaqt o‘tishi bilan sochlar qalinlashadi va mustahkamroq bo‘ladi.

Quyosh nuri — D vitaminining asosiy manbai hisoblanadi, lekin quyosh unchalik ko‘p bo‘lmagan paytlarda diqqatingizni losos va boshqa yog‘li baliqlar, qo‘ziqorinlar, jigar va boshoqlilarga qaratishingizni tavsiya qilamiz.

vitamini

E vitamini bosh terisidagi qon aylanishini kuchaytiradi, demak sochlarning o‘zi ham mustahkamlanadi. Katta odam bir kunda 15 mg gacha E vitamini qabul qilishi kerak. Agar odam o‘z ratsioniga bodom, avokado, kungaboqar urug‘lari, kivi va ismaloq qo‘shsa, bu vitaminning zarur miqdorini oson yig‘ib oladi.

B guruh vitaminlari

Biotin (B7) B vitaminlar guruhiga kiradi va sochlar salomatligi uchun eng muhim hisoblanadi — u turli xil kosmetik vositalar tarkibiga kiradi. Ko‘p tadqiqotlar biotin va foli kislotasining yetishmasligi sochlarning haddan tashqari ko‘p to‘kilishi va ular o‘sishining sekinlashishini keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »