Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 8-turida “Roma” 8-oktabr, yakshanba kuni “Kalyari”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv rimliklarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Roma” safida Ussem Auar va Andrea Belotti bittadan gol urdi, Romelu Lukaku esa dubl muallifiga aylandi. “Kalyari” tarkibida esa Nandes penaltidan unumli foydalandi. Qayd etib o‘tish joiz, Eldor Shomurodov 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.

“Roma” ochkolari sonini 11 taga yetkazdi va 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Kalyari” esa 2 ochko bilan 20-pog‘onani band etgan.


A Seriya

8-tur bahsi

8-oktabr, yakshanba

“Kalyari” – “Roma” 1:4

Gollar: 0:1 – 19 Auar, 0:2 – 20 Lukaku, 0:3 – 51 Belotti, 0:4 – 59 Lukaku, 1:4 – 87 Nandes (penalti).

“Kalyari”: Skuffet, Veteska, Xasidyakos (Zappa, 46), Obert (Dossena, 68), Assi, Nandes, Makumbu, Prati, Sulemana (Luvumbu, 39), Oristanio (Shomurodov, 74), Petanya (Pavoletti, 68).

“Roma”: Ruy Patrisiu, Karsdorp (Kristensen, 69), Manchini, Ndika, Kristante, Spinassola, Paredes (Chelik, 79), Auar (Pagano, 69), Bove, Dibala (Belotti, 40), Lukaku.

Ogohlantirishlar: Paredes (11), Sulemana (14), Auar (32), Bove (45), Obert (61).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »